Bauatdinov Salining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston agrorudalari asosida yangi turdagi murakkab-aralashmali o‘g‘itlar olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T320.
Ilmiy maslahatchi: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sultonov Boxodir El`bekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston agronomik rudalarini mineral kislotalar va ularning tuzlari hamda organik moddalar bilan kimyoviy faollashtirish asosida murakkab, murakkab-aralashmali va organomineral o‘g‘itlar olishning ilmiy asoslari va ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston fosforitlarini mineral tuzlar bilan kimyoviy faollashtirishda o‘simlik uchun o‘zlashuvchan fosfor shakli hosil bo‘lishi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston fosforitlarining ammoniy sul`fati, nitrati, fosfati va xloridlari, mochevina, kaliy xloridi hamda chorvachilik va parrandachilik chiqindilari bilan kimyoviy faollashtirish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston fosforitlarini ammoniy tuzlari ishtirokida sul`fat va nitrat kislotalari bilan parchalash jarayonlarida olingan o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy va tovar xossalari yaxshilanishi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston fosforit va glaukonitlarini kimyoviy faollashtirish orqali murakkab-aralashmali o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
glaukonit qumlarini quruq va ho‘l usullarda boyitishning maqbul tizimi tavsiya etilgan va keng oraliqdagi texnologik kattaliklarda glaukonit konsentrati tarkibining o‘zgarishi nazariy asoslangan;
glaukonit va fosforitlarni o‘g‘itli tuzlar bilan ta’sirlash asosida belgilangan fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan yangi turdagi murakkab o‘g‘itlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston agronomik rudalarini noan’anaviy usulda qayta ishlash, glaukonitni ikki usulda boyitish orqali murakkab va murakkab-aralashmali o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab-aralashmali o‘g‘it olish usuliga O‘zbekiston Intelektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (IAP 05161, 2016 y.). Natijada, kislotasiz usulda bog‘lovchi ammoniy sul`fat eritmalari ishtirokida ammofos yoki chig‘anoqli fosforit va glaukonit asosida kompleks mikroelementlarga ega o‘g‘itlar olish imkoniyati yaratilgan;
bog‘lovchi eritmalar ishtirokida Qoraqalpog‘iston agrorudalarini qayta ishlash orqali kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi «Qoraqalpoqagrokimyohimoya» TAOda amaliyotga joriy etilgan («Qoraqalpoq agrokimyohimoya» TAOning 2019 yil 15 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, tovar xossalari qoniqarli va yuqori agrokimyoviy samaradorlikka ega bo‘lgan donador kompleks o‘g‘itlar olish imkoniyati yaratilgan;
agrorudalar asosida ishlab chiqilgan murakkab-aralashmali o‘g‘itlari texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts26647408-01:2018). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
«Qoraqalpog‘iston agrorudalari asosida yangi turdagi mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqish va texnologiyasini yaratish» ishlanmasi asosida murakkab aralashmali kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida «Bo’rlitog’ Kimyo» MChJ korxonasi tashkil etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining 2019 yil 22 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, yillik quvvati 10 ming tonna bo‘lgan glaukonit murakkab-aralashmali o‘g‘it ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.