Eshmuratov El`brus G‘aybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida poliz ekinlarining so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini yaratish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx48.
Ilmiy rahbar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobobekov Qalandar, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston sharoitida ekib o‘stirilayotgan poliz ekinlariga zarar etkizayotgan so‘ruvchi zararkunandalar va ularning tabiiy kushandalarining tur tarkibini aniqlab, o‘zaro munosabatlariga baho berishdan hamda ularga qarshi kurash olib borish uchun samarali usul va vositalar majmuini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda poliz ekinlarida tarqalgan so‘ruvchi zararkunandalarning tarkibiy qismi o‘rganilib, ularning ekin hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
so‘ruvchi zararkunanda turlarining qishlovdan chiqadigan vaqti hamda dastlabki zararlanadigan o‘simlik turlarining rivojlanishini tashqi muhit omillarga bog‘liqligi aniqlangan;
so‘ruvchi zararkunandalardan shiralar, trips, qandala va o‘rgimchakkana turlarining poliz ekinlarida bioekologik rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
zararkunandalarning zararlilik darajasi ularning o‘simliklarni zararlash muddatlariga hamda zichligiga bog‘liqligi aniqlangan;
poliz ekinlari agrobiotsenozida uchraydigan zararkunandalar rivojlanishiga entomoakarifaglarning ta’siri ya’ni samaradorligi aniqlangan;
o‘simliklarni ekib o‘stirishda ishlatiladigan agrotexnik tadbirlarning poliz zararkunandalariga qarshi salbiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida poliz ekinlarining so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini yaratishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
poliz ekinlarining so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi biolaboratoriyalarda ko‘paytirilgan oltinko‘z entomofagini etuk zot shaklida ishlab chiqilgan qo‘llash me’yorlari Chimboy, Kegeyli va Nukus tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari va tomorqa erlarida jami 2484 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 18 fevraldagi 06-06/8-02/136-son ma’lumotnomasi). Natijada entomofagning biologik samaradorligi 58,9-75,4 foizga teng bo‘lgan, zararkunandalarning zarari kamayishi hisobiga har gektardan 21,8 sentner qovun hosili saqlab qolingan hamda iqtisodiy samaradorlik 456,3 ming so‘mni tashkil etgan;
qovun o‘simliklarining 2-4 dona chinbarg chiqargan davrida o‘rgimchakkana va boshqa so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi ishlab chiqilgan Vertimek (0,5 l/ga) va Agrofos-D (1,0 l/ga) preparatlarini qo‘llash me’yori Chimboy, Kegeyli va Nukus tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari dalalarida va tomorqa erlarida jami 1398 gektardan ortiq maydonlarda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 01/02-724-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 21,3-42,0 sentner hosil saqlab qolingan va iqtisodiy samaradorlik 858,6 ming so‘mni tashkil etgan hamda sarflangan 1,0 so‘mning qoplanishi 1,54-1,62 so‘mga teng bo‘lishi imkoni yaratilgan;
poliz ekinlari dalalarida so‘ruvchi zararkunandalarning dominant turlari hisoblangan shira va tripsga qarshi Fufanon – 1,5 l/ga va Dalate – 0,4 l/ga preparatlarini qo‘llash texnologiyasi Chimboy, Kegeyli va Nukus tumanlari fermer xo‘jaliklarining jami 2484 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 24 maydagi 02/023-345-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi 94,8-98,1 foizni tashkil etgan va sarflangan har 1 so‘mning qoplanishi esa 1,87-1,88 so‘m bo‘lishiga erishilgan.