Mingliqulov Zafar Bozorovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sust shakllangan jarayonlar holatini intellektual tahlillash noravshan modellarini qurish usullari va algoritmlari», 05.01.03- Informatikaning nazariy asoslari ixtisosligi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.T531
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedova Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Usmanov Rishat Niyazbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Nabiev Ozod Malikovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Shavkat Xudargenovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sust shakllangan jarayonlar holatini intellektual tahlillash modellarini noravshan klasterlash usuli yordamida qurish, model parametrlarini neyron to‘rlar va evolyusion arilar koloniyasi algoritmi yordamida sozlashning gibrid usul va algoritmlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sust shakllangan jarayonlar holatini intellektual tahlillash noravshan modellarini qurishning gibrid usullari taklif qilingan;
sust shakllangan jarayonlar holatini intellektual tahlillashning sinflashtirish, baholash va bashoratlash noravshan mantiqiy modelini noravshan klasterlashtirish usuli yordamida qurish algoritmi yaratilgan;
sust shakllangan jarayonlar holatini sinflashtirish, baholash va bashoratlash noravshan mantiqiy modellarini qurish jarayonida turli xil tegishlilik funksiyalari bo‘lgan holatlarda model parametrlarini neyron to‘rlari yordamida sozlash asosida noravshan echimni olish mumkinligi ko‘rsatilgan;
sust shakllangan jarayonlar holatini intellektual tahlillash noravshan mantiqiy modellarini qurish jarayonida turli tegishlilik funksiyalari bo‘lgan holatlarda model parametrlarini arilar koloniyasi algoritmi yordamida sozlash asosida noravshan echimni olish mumkinligi ko‘rsatilgan;
noravshan axborot muhitida ko‘pmezonli optimallashtirish masalasi shakllantirilgan va echish algoritmlari yaratilgan;
noravshan dastlabki axborot muhitida optimallashtirish va qaror qabul qilish mezonlari va algoritmlari ishlab chiqarilishi, tegishlilik funksiyasi iboralarida echimlarni yaxshilanish xususiyatlari haqidagi tasdiqlar isbotlangan;
sust shakllangan jarayonlar holatini intellektual tahlilash gibrid usullari yordamida adekvat noravshan modellar qurish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sust shakllangan jarayonlar holatini intellektual tahlillash noravshan modellarini qurish usul va algoritmlari asosida ishlab chiqilgan sinflashtirish, baholash va bashoratlash dasturiy vositalarini asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini bashoratlash, ekin maydonlari va chorvachilik sohasi tuzilmasini maqbullashtirishda aniqlikning 92-96,5% ta’minlani- shi natijasida korxonalar bankrotligi xavf-xatarini baholash va bashoratlash masalalarini echishda ish samaradorligini 1,5-2 baravarga oshishi va aniqlikning 95-98.2% ta’minlanganligi hisobiga yillik 1.270 mlrd. so‘mdan ortiq iqtisodiy samaraga erishildi (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan- tirish vazirligining 2016 yil 21 yanvardagi 02-8/343-sonli; Jizzax viloyati qishloq va suv ho‘jaligi boshqarmasining 2015 yil 24 iyundagi 03-399-sonli; Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlan- tirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining 2015 yil 16 iyundagi 15-2214-sonli ma’lumotnomasi).