Xaydarov Bekmurod Do‘siyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lalmikor maydonlarda boshoqli don ekinlarini etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx293.
Ilmiy rahbar: Tellyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoshimov Ibrohim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lalmikorlikning qir-adirlik hududlarida tuproqqa ishlov berishning turli texnologiyalarini taqqoslagan holda, ilg‘or resurstejamkor “Nul`- no till texnologiya” qo‘llashni kuzgi, bahorgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor lalmikor qir-adirlik hududlarida turli usullarda minimal ishlov berish hamda zamonaviy “Nul`- no till texnologiya” asosida tuproqqa kuzda asosiy ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘ ekib bug‘doydan yuqori va sifatli hosil etishtirish mumkinligi aniqlangan;
respublika lalmikor qir-adirlik hududlarining so‘nggi 35 yillik ob-havo, tuproq sharoitlari, yog‘ingarchilik miqdorlari va ularni yil davomida taqsimlanish va saqlanish davomiyligi ishlab chiqilgan va aniqlangan;
zamonaviy “Nul`- no till texnologiya” qo‘llashning urug‘ unib chiqishi, ko‘chat soni, ularni saqlanish darajasi, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish davrlari davomiyligi, biometrik ko‘rsatkichlari, hosildorlik va don sifatiga ta’siri aniqlangan;
dunyo amaliyotida keng qo‘llanilayotgan “Nul`-no till texnologiya” AGROLEAD Turkiya seyalkasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bug‘doy urug‘i ekishning namlik, harorat, tuproq xossalariga va begona o‘tlarga ta’siri aniqlangan;
lalmikorlik sharoitida kuzda etarli namlik bo‘lmagan holatlarda behuda sarf-xarajatlar qilmay, bahorgi bug‘doy etishtirish samarali ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lalmikor maydonlarda boshoqli don ekinlar etishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida “Lalmikor maydonlarda resurstejamkor Nul`-no till texnologiya asosida boshoqli don ekinlarini etishtirish bo‘yicha” tavsiyanomasi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 02/021-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma lalmikor hududlari fermer xo‘jaliklariga zamonaviy innovatsion texnologiyani joriy etish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
resurstejamkor “Nul`-no till texnologiya” AGROLEAD Turkiya seyalkasida G‘allaorol tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 653 gektar va Jizzax viloyatida jami 853 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 02/021-11-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy ekish usuliga nisbatan har gektardan 0,8 sentnergacha qo‘shimcha hosil olish imkoni yaratilgan;
lalmikor maydonlarda resurstejamkor agrotexnologiyani asosida maqbul ekish muddatlari ishlab chiqilgan va Zomin tumanida 200 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 02/021-11-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tuproqdagi namlik, haroratning yuqori bo‘lishi, o‘simlikning unib chiqishi, 1m2 dagi tup soni hamda donning 5–7 kun erta pishib etilishiga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari 22 foizni tashkil etgan.