Turaeva Dilfuza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avstraliya g‘o‘za namunalarining yangi seleksion ashyo yaratishdagi ahamiyati», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Qx228.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Shukur, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning kelib chiqish markazlaridan biri bo‘lgan Avstraliyadan keltirilgan namunalarni o‘zaro va mahalliy navlar bilan chatishtirishdan olingan duragay populyasiyalari asosida yangi tezpishar, tola hosildorligi yuqori hamda viltga bardoshli bo‘lgan seleksion ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Avstraliya namunalari ishtirokidagi g‘o‘za duragaylarida tola hosildorligini tola indeksi bilan bir qatorda chigitlar hajmiga bog‘liq holda tezpisharlik belgisi bilan bir genotipda jipslanishi aniqlangan;
Avstraliya g‘o‘za namunalarida tola hosilini ta’minlovchi asosiy belgilar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, dominant holatda irsiylanishi hamda tola indeksi, chigitlar soni belgilarini tezpisharlik belgisi bilan ijobiy bog‘lanishi aniqlangan;
geografik uzoq duragaylarda aksariyat belgilar bo‘yicha keng miqyosda transgressiv o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichi aniqlangan;
tola hosildorligini ta’minlovchi belgilar viltga bardoshlilik xususiyati bilan ijobiy bog‘langanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avstraliya g‘o‘za namunalarining yangi seleksion ashyo yaratishdagi ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaratilgan tezpishar, qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan T-462, T-474, T-478, T-480 va T-485 g‘o‘za tizmalari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “G‘o‘za va beda kolleksiyasi, introduksiyasi” laboratoriyasiga topshirilib, g‘o‘zaning dunyoviy genofondi kompleks qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega bo‘lgan yangi boyitilgan genotip seleksion-genetik jarayonlarda qo‘llanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/020-270-sonli ma’lumotnomasi). Natijada genetik-seleksion izlanishlarda foydalansh uchun yangi donorlar yaratilgan va boshlang‘ich ashyo sifatida xizmat qilgan;
kompleks qimmatli xo‘jalik belgilari bilan birga tola indeksi, tola chiqimi, mahsuldorligi yuqori hamda tezpisharlikka ega bo‘lgan T-462, T-474, T-478, T-480 va T-485 tizmalari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti “Suv tanqisligi va sho‘rga chidamli g‘o‘za navlari seleksiyasi” va “Tolasi IV-V tip bo‘lgan g‘o‘za seleksiyasi” laboratoriyalariga ilmiy izlanishlarda markyor sifatida hamda mavjud genotipni boyitishda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/020-270-son ma’lumotnomasi). Natijada 2018 yil ushbu tizmalar onalik va otalik sifatida resiprok chatishtirishlarga jalb qilinib, kompleks qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan duragay va oilalar yaratishilgan va chatishish samaradorligi oshishi imkoni yaratilgan;
ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan g‘o‘zaning yangi T-462, T-474, T-478, T-480 va T-485 tizmalari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/020-270-son ma’lumotnomasi). Natijada Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “MV-FA-A-QX-2018-25” loyihasi doirasidagi izlanishlarda turlararo duragaylashga jalb etilgan;
tola hosildorligi yuqori, tezpishar, yuqori tola indeksli S-2616 navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 02/020-270-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyati Qibray tumani Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligida ushbu nav bo‘yicha 0,8 ga maydonda birlamchi urug‘chilik ko‘chatzorlari tashkil etilgan.