Xaitbaeva Jamila Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Barg tashxisi asosida kuzgi bug‘doyni azotli o‘g‘itlash me’yorlarini asoslash (Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida)», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx276.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Jo‘rakul Sattarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik; Bairov Abdunabi Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarida kuzgi bug‘doyda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining samaradorligini aniqlash va modellashtirish hamda barg tashxisi asosida kuzgi bug‘doyda azot o‘g‘itining maqbul qo‘llash me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning Krasnodarskaya-99 navi uchun mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlari aniqlangan;
xlorofillmetr SPAD-502 yordamida (barg tashxisi) kuzgi bug‘doyning tuplash va naychalash davrlarida qo‘llaniladigan N-o‘g‘iti me’yorlarini tabaqalashtirilgan holda qo‘llash ishlab chiqilgan;
CropSyst agronomik modeli Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning Krasnodarskaya-99 navi uchun ishlab chiqilgan.
sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida NPK-o‘g‘itining maqbul me’yorlarini tuproqdagi harakatchan ozuqa moddalar miqdorlariga, bug‘doy NPK o‘zlashtirishiga, o‘simlik barg satxi, maxsus barg satxi, quruq modda to‘plashiga, hosil strukturasiga, don va somon hosillari salmog‘iga hamda don sifatiga ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida barg tashxisi asosida kuzgi bug‘doyni azotli o‘g‘itlash me’yorlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 Xorazm viloyatidagi fermer xo‘jaliklar uchun kuzgi bug‘doyni etishtirishda azotli o‘g‘itlar me’yorlarini belgilash bo‘yicha «Barg tashxisi asosida kuzgi bug‘doyda azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-188-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
kuzgi bug‘doyda azotli o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarini qo‘llash texnologiyasi Xorazm viloyati Urganch tumanida 139,3 gektar, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm viloyati ilmiy tajriba stansiyasi dalalarida 5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-188-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida oddiy sharoitda ekilgan kuzgi bug‘doyga nisbatan gektaridan 10–15 sentner qo‘shimcha don hosili olingan va rentabellik darajasi 15–20 foizga ortishiga erishilgan;
barg tashxisi asosida kuzgi bug‘doyning tuplash va naychalash o‘suv davrlarida azot o‘g‘itiga bo‘lgan talabini tezkor usulda aniqlash orqali azotli o‘g‘itlardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ishlanma Xorazm viloyati Xonqa tumani g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida 30 gektar, Yangibozor tumanida 30 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-188-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlikning jadal o‘sib rivojlanishi, hosil to‘plashi yaxshilangan, kuzgi bug‘doydan gektaridan 4–5 sentner qo‘shimcha don hosili olingan hamda qo‘llanilgan azotli o‘g‘it me’yori amalda fermer qo‘llaydigan me’yorga nisbatan 30–40 kg ga tejalgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish