Muratkasimov Alisher Sattarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lalmi tipik bo‘z tuproqlarning hozirgi holati va ulardan samarali foydalanish yo‘llari (G‘allaorol tumani tuproqlari misolida)», 06.01.03–Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx366.
Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qurvontoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Haqberdiev Obid Eshniyozovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘allaorol tumani lalmi tipik bo‘z tuproqlarining hozirgi holatiga eroziyaning ta’siri hamda absorbentlar, organik va mineral o‘g‘itlar, biopreparatlarni qo‘llash orqali tuproqda tabiiy namlikdan samarali foydalanish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lalmi tipik bo‘z tuproqlarning morfogenetik tuzilishi, agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalariga eroziya jarayonlarining ta’siri aniqlangan;
lalmi tipik bo‘z tuproqlarning fermentativ faolligini o‘ziga xosligi va yil mavsumlari bo‘yicha o‘zgarish dinamikasi aniqlangan;
lalmi tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yumshoq bug‘doy hosili va tabiiy namlik oshishiga absorbentlar, organik o‘g‘itlar va biopreparatlarning ta’siri isbotlangan;
turli shakldagi mineral o‘g‘itlarning tuproq namligi dinamikasiga va bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
lalmi tipik bo‘z tuproqlar uchun absorbentlar, organik va mineral o‘g‘itlar maqbul me’yorlari hamda biopreparatlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash agrotexnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘allaorol tumani lalmi tipik bo‘z tuproqlarning hozirgi holati va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lalmi tipik bo‘z tuproqlarda absorbentlar va organik o‘g‘itlar ta’sirida tabiiy namlikni to‘plash agrotadbiri Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasining lalmikor markaziy tajriba xo‘jaligida 16 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-186-son ma’lumotnomasi). Natijada toza shudgordan boshlab to kuzgi g‘alla ekishgacha bo‘lgan davrda tuproqning 0-160 sm qatlamda an’anaviy usulga nisbatan 94,4-145,0 m3/ga qo‘shimcha tabiiy namlik to‘planishiga imkon bergan;
lalmikor maydonlarda kuzgi bug‘doyni oziqlantirishda turli shakldagi mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul me’yorlari G‘allaorol tumanidagi «Jonzoqov Xonimqul» fermer xo‘jaligining 66 gektar, «Soli ota Abdusattorov» fermer xo‘jaligida 64 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-186-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fermer xo‘jaliklari tuproqning unumdorligi saqlangan holda gektaridan 12,4 sentner yoki an’anaviy o‘g‘it qo‘llanganga nisbatan 3,8 sentner qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doyni oziqlantirishda mineral o‘g‘itlar va biologik faol preparatlarni uyg‘unlashgan holda qo‘llash texnologiyasi «Zarafshon maqsadi» fermer xo‘jaligining 44 gektar, «Saitmurod Sanaqul» fermer xo‘jaligining 42 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-186-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doyni etishtirishda gektariga 604 ming so‘m xarajat qilingan va har bir gektardan 734 ming so‘m yalpi daromad olingan, sof daromad 130 ming so‘m, rentabellik darajasi 20-21 foizni tashkil etgan.