Hasanov Murtoza Abdivalievichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshkaning hosildor, virusli kasalliklarga chidamli yangi navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx203.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: kartoshkaning «Feruza» navi (NAR 00204, 30.11.2018 y.).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 22 yanvardagi 01-11/210-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshka seleksiyasida turli usullar yordamida olingan dastlabki ashyolaridan yakka klonli tanlash usulini qo‘llash asosida hosildor, virus kasalliklariga chidamli yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshkaning tezpishar, virus kasalliklariga chidamli, hosildorligi yuqori boshlang‘ich manbalari tanlab olingan va baholangan;
kartoshka seleksion duragay namunalarining fenologiyasi, biometrik ko‘rsatkichlari, virus kasalliklariga chidamlilik va hosildorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
kartoshka duragaylari, duragay populyasiyalari va o‘zidan changlatilgan liniyalari orasidan yakka klonli tanlash asosida hosildor, o‘rta tezpishar, virus kasalliklariga chidamli va bir yilda ikki marta hosil olishga yaroqli bo‘lgan «Feruza» navi yaratilgan;
kartoshka seleksiyasida tezpisharlilik, hosildorlik va virusli kasalliklarga chidamlilik va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha xizmat qilishi mumkin bo‘lgan namunalar ajratilgan va amaliy seleksiya uchun tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshkaning yuqori hosilli va virus kasalliklariga chidamli bo‘lgan yangi navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
hosildor va virus kasalliklariga chidamli kartoshkaning yangi «Feruza» navi yaratilgan va ushbu nav 2019 yildan ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2019 yil 15 yanvardagi T-6-4-25 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navdan andoza navga nisbatan yuqori va sifatli hosil olishga erishilgan;
respublikaning barcha hududlariga ekish uchun mos bo‘lgan kartoshkaning «Feruza»  naviga 2018 yilda Intellektual mulk agentligining selesiya yutug‘iga patent (NAR 00204) olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 martdagi 02/029-131-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu nav respublika sharoitida o‘rta tezpishar bo‘lib, erta bahor va takroriy muddatlarda etishtirish imkoniyati yaratilgan;
Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz dehqonchiligi bo‘yicha Xalqaro Markazning “Adaptation and utilization of advanced virus-resistant clones and TPS in CAC” mavzusidagi xalqaro loyihasida Markaziy Osiyo tuproq-iqlim sharoitlarida kartoshka urug‘chiligida viruslarga chidamli klonlarni ajratib olish va qo‘llash bo‘yicha baholashda foydalanilgan (ICARDA xalqaro tashkilotining 2019 yil 14 martdagi ICT/0066-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyo mintaqasida kartoshka bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, oziq-ovqat mahsulotlarini va ularning xavfsizligini oshirish imkonini bergan;
kartoshkaning yuqori hosilli va virus kasalliklariga chidamli bo‘lgan «Feruza»  navi Samarqand viloyati Samarqand, Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq va Urgut tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida jami 98 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 6 martdagi 02/029-131-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navidan o‘rtacha hosildorlik bir gektar maydonda gektaridan 28–32 tonnani tashkil etgan va andoza naviga nisbatan 2–3 tonna qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish