Isaev Jasurbek Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ot (Equus caballus), Prjeval`skiy oti (Equus przewalskii) va qulonlarning (Equus hemionus) asosiy gel`mintozlari», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/V8.
Ilmiy rahbar: Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.30.08.2018.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Bo‘ri Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydulla Dadaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: L.M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli geografik iqlim mintaqalarda ot, Prjeval`skiy oti va qulonlarning gel`mintofaunasi, asosiy gel`mintozlari va mavsumiy dinamikasini aniqlash va ularga qarshi davolash-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning turli viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida otlarning gel`mintofaunasi aniqlangan;
respublikani turli geografik-iqlim mintaqalarida otlar gel`mintlarining tarqalish darajasi, asosiy gel`mintozlari va ularning mavsumiy dinamikasi ilmiy asoslangan;
otlarning asosiy gel`mintozlariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining maqbul muddatlari aniqlangan;
Prjeval`skiy oti va qulonlarning gel`mintlari va ularning mavsumiy dinamikasi aniqlangan;
tabiatni muhofaza qilish muassasalari sharoitda Prjeval`skiy oti va qulonlarning asosiy gel`mintozlariga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ot (equus caballus), Prjeval`skiy oti (E. Przewalskii) va qulon (E. hemionus)larning asosiy gel`mintozlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
gel`mintlarga qarshi vosita ishlanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№IAR 20150269, 19.10.2018 y.) olingan. Natijada hayvonlarda gel`mintoz kasalliklarining oldini olishda va chorva mollarida gel`mintozlarni davolashga xizmat qilgan;
«Jayron» Ekomarkazida jayronlar, qulonlar va Prjeval`skiy otlari asosiy gel`mintozlarini profilaktika qilish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 02/16-399-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiatni muhofaza qilish muassasalarida saqlanadigan noyob, «Qizil kitob»ga kiritilgan Prjeval`skiy oti va qulonlarni gel`mintlar bilan zararlanishini keskin kamaytirish imkonini bergan;
otlarning asosiy gel`mintozlarini davolash, profilaktika hamda degel`mintizatsiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan maqbul muddatlar veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 02/16-399-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida chorvachilik xo‘jaliklari, yilqichilik fermalari, fermer-dehqon, yordamchi va shaxsiy xo‘jaliklarda otlar gel`mintozlarining tarqalish darajasini 70–80 foizga kamaytirishga erishilgan.