Rasulov O‘tkir Ilashovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Respublikaning janubiy hududlarida piroplazmidozlarning epizootologiyasi va davolash profilaktika chora-tadbirlari», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/V15.
Ilmiy maslahatchi: G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.30.08.2018.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Axror Ro‘zimuradovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Tel`man Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning janubiy hududlarida qoramollar piroplazmidozlarining epizootik holatini aniqlash, mahalliy dorivor vositalar asosida davolash va profilaktika qilishning samarali uslub va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizning janubiy hududlarida qoramollar piroplazmidozlarining tarqalish darajasi, mavsumiy dinamikasi va kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning patogenlik xususiyatlari hamda kasallik tarqatuvchi kanalarning faunasi aniqlangan;
respublikamiz hududlaridagi dorivor o‘simliklardan isiriq (Peganum garmala)dan dorivor vosita (damlama) tayyorlangan va uning piroplazmoz, babezioz va teyleriozni davolashdagi samaradorligi ilmiy asoslangan;
xorijiy davlatlardan respublikamizga olib kelingan antiprotozoy preparatlarning qoramollar piroplazmidozlarini davolashdagi samaradorligi aniqlangan;
«Polikarb-Uz» preparatining piroplazmidozlarni profilaktika qilishda yuqori samarador ekanligi tajribalarda isbotlangan;
isiriq damlamasi va polikarb-Uz preparatining qoramollar piroplazmidozlarini davolash va oldini olishdagi iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikaning janubiy hududlarida piroplazmidozlarning epizootologiyasi va davolash-profilaktika chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qoramollarning piroplazmoz va teyleriozini davolash usuli» (№IAR 04606, 2012 yil); «Qoramollar piroplazmozini profilaktika qilish usuli» (№IAR 04607, 2012 yil) ishlanmalari uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patentlari olingan. Natijada piroplazmidozlardan kelayotgan iqtisodiy zararning 90–95 foizgacha oldini olishga erishilgan;
qoramollarning piroplazmidozlarini dorivor vositalar asosida davolash va profilaktika qilishning samarali usullari ishlab chiqilgan va Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 02/16-398-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar piroplazmidozlarini davolashda sarflangan 1 so‘m xarajatga 18,9 so‘m iqtisodiy samara olish imkoni yaratilgan;
«Qoramollar qon-parazitar kasalliklariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining zamonaviy uslub va vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 02/16-398-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarni ushbu kasalliklardan etarli darajada saqlab qolish va kasalliklardan 80–90 foizgacha sog‘lomlashtirish imkonini bergan;
«Qoramollarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi kurashish to‘g‘risida qo‘llanma» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 5 iyul` 02/16-398-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish chora-tadbirlarini belgilashda sifatida xizmat qilgan;
«Qoramollarning piroplazmidoz kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositasi «Polikarb-Uz»ni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 02/16-398-son ma’lumotnomasi). Bunda sarflangan 1 so‘m xarajatga 8,9 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik har bir boshga 157536 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish