Gadaev Abror Niyazovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quduqlar debitini barqarorlashtirishning umumlashgan texnologiyasini yaratishning ilmiy asoslari”, 05.09.04–Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muxofazalovchi qurilish tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T1121
Ilmiy maslahatchi: Norqulov Begzod Eshmirzaevich, texnika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.03 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik texnika fanlari doktori (DSc) Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botir Dadajonovich “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Muhammadiev Nurali Qurbanalievich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Fizika va kolloid kimyo” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori (DSc), professor, Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich Qarshi davlat tenika universiteti “Gidravlika va qurilish muhandisligi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika institute
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Quduqlar debitini qayta tiklash va barqaror ishlashini ta’minlashning umumlashgan texnologiyasi hamda uning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitida ekspluatasiya qilinadigan quduqlarda hosil buladigan murakkab kolmatantning kimyoviy tarkibi, mineralogik tuzilishi va quduq debiti pasayishiga tasir mexanizmi aniqlangan;
quduq debitini tiklash maqsadida xelatlanish xususiyatiga va selektiv tasirga ega NTF va OEDF kompleksonlarining 9:11 optimal nisbatdagi eritmasi ishlab chiqilgan;
quduqlar debitini tiklash va barqarorlashtirish uchun selektiv tasirli reagentlarni qullash texnologiyasi va uning texnik reglamenti, shuningdek, umumlashgan texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
iqlim uzgarishi sharoitida quduqlar guruhining uzaro tasiri va debit pasayishini hisobga oluvchi qushimcha koeffisient asoslangan, quduqlarning joylashuvi va ekspluatasiya tartibining maqbul echimi ishlab chiqilgan;
quduqlar debitini barqarorlashtirishning nazariy modeli takomillashtirilib, zamonaviy muhandislik dasturiy taminoti asosida uning sonli echimi ishlab chiqilgan;
quduq debitini tiklash maqsadida g‘ovak muhitdagi filtrasiya jarayonini baholashning tezlik maydoni, bosim gradienti va tasir radiusini hisobga oluvchi yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy sharoitda suv olish quduqlarining debitini barqarorlashtirish va ular urtasidagi uzaro tasirlashuvni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan umumlashgan texnologiya asosida:
Dala sharoitida real ishlaydigan quduqlarni SSTV teleinspeksiya usulida urganish orqali ularning debit va sath uzgarishlarini tahlil qilish usuli Samarqand shahri Dahbed suv inshootlari hududidagi 17, 18 va 19-raqamli quduqlarda amaliyotga joriy qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 6-avgustdagi 34-06/10882-son malumotnomasi). Natijada quduqlarning uzaro tasirlashuvi aniqlandi va bu salbiy omilni bartaraf qilish orqali qushimcha suv berish imkoniyatlari ochilgan.
Er osti suvlari miqdori, sifati va sathining salbiy uzgarishi natijasida quduqlar guruhida yuzaga keladigan kutilmagan uzaro tasirlashuv va debit pasayishining oldini olish va barqarorlashtirish usuli Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi «7 eski», «7» va «7a eski» raqamli quduqlarda hamda Damxo‘ja suv inshootlarida amaliyotga joriy qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 6-avgustdagi 34-06/10882-son malumotnomasi). Natijada quduqlarning barqaror ishlash davrini uzaytirish imkoniyati yaratilgan.
Quduqlarning uzaro tasirini tadqiq qilish va ularning samaradorligini hisoblash uchun yaratilgan dasturiy taminot tadqiqot jarayonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 6-avgustdagi 34-06/10882-son malumotnomasi). Natijada quduqlar guruhining uzaro tasirlashuvini tezkor va aniq hisoblash, shuningdek ularning joylashuvini loyihalash bosqichida optimallashtirish imkoniyati yaratilgan.