O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining navbatdagi Rayosat majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rayosat a’zolari, mas’ul xodimlar, shuningdek, OAKning tegishli ekspert kengashlari raislari ishtirok etdilar.
Majlisning kun tartibiga muvofiq, dastlab attestatsiya ishlari ko‘rib chiqildi. So‘ngra ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirish kiritish, bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish masalasi muhokama qilindi va ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar dasturlari tasdiqlandi. Navbatdagi masala sifatida tegishli hujjatlar ijrosi, fuqaro murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlashga doir muammolar tahlil qilindi.
Majlisda Rayosat qaroriga ko‘ra, 20 nafar talabgor fan doktori, 91 nafar talabgor falsafa doktori ilmiy darajalarida, shuningdek, talabgorlarning 29 nafari professor, 74 nafari dotsent va 18 nafari katta ilmiy xodim unvonlarida tasdiqlandi.
Shu kuni Rayosat majlisidan so‘ng ilmiy daraja va ilmiy unvonda tasdiqlanganlarga tantanali ravishda diplom va attestatlar topshirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish