Bobonazarova Sevara Odil qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Akmeologik yondashuv asosida talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash  metodikasini takomillashtirish”, 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04  raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Nargiza Jamoliddinovna, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shaymanova Adiba Ergashevna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy-metodologik asoslari akmeologik konsept negizida “kasbiy subektivlik – ijtimoiy mas’uliyat – akme-motivatsiya” uch komponentli strukturaviy-dinamik tuzilma sifatida kasbiy kamolotga yo‘naltirilganlik, refleksiv o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiy-pedagogik amaliy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini tizimli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarni kasbiy ijtimoiy faoliyatga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari ta’lim mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida boyitish, interfaol munosabatlar asosida refleksiv-faoliyatli o‘qitishni tashkil etish, individual ta’lim traektoriyasini tatbiq etish hamda diagnostik-monitoring mexanizmlari asosida individual rivojlanish dinamikasini korreksiyaash kabi tizimli-pedagogik jarayon sifatida aniqlashtirilgan;
talabalarni kasbiy-ijtimoiy faoliyatga tayyorlash jarayonining funksional-struktur modeli kasbiy subektivlik, ijtimoiy mas’uliyat va akme-motivatsiyaning dinamik rivojlanishini ta’minlovchi refleksiv, prognostik, fasilitativ va korreksion mexanizmlarni texnologik ta’minotning kasbiy-ijtimoiy vaziyatlarni modellashtirish komponentlari bilan uzviy integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
akmeologik yondashuv asosida talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi pedagogik ta’lim jarayoni texnologik ta’minoti mazmuniga akmeologik vaziyatlarni modellashtirish, kasbiy-ijtimoiy muammoli topshiriqlar, refleksiv treninglar, individual rivojlanish dasturlari, ijtimoiy-pedagogik loyihalash va diagnostik-monitoring vositalarining bosqichma-bosqich tatbiq etish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy-metodologik asoslari bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy pedagogik kompetentligini tashkil etuvchi kasbiy subektivlik, ijtimoiy mas’uliyat, akme-motivatsiya kabi komponentlarini tizimli-integrativ rivojlantirishni ta’minlovchi kasbiy kamolotga yo‘nalganlik, refleksivlik hamda amaliy faoliyatga tayyorlikning konseptual qoidalari asosida aniqlashtirilganligiga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va  adabiyoti universitetida bajarilgan “Erasmus +International KA107 Greidit mobility Key action 1-Mobility for learnars and staff-Higher education student and staff mobility a Foscari, Italiya” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026 - yil 26-martdagi №  04/1-1587 son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni mazmunan ilmiy tahlillar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
“ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyor akme-pedagog shaxsi” modeli akme-motivatsion, aksiologik, subektiv-faoliyatli, refleksiv kaomponentlarning o‘zaro funksional-integrativ birligi hamda ularning kasbiy kamolotga yo‘nalganligi, ijtimoiy pedagogik faoliyat subektligini shakllantirish, kasbiy qdriyatlarni anglash va o‘z-o‘zini rivojlantirishni ta’minlovchi shaxsiy-kasbiy sifatlar tizimi asosida ishlab chiqilgan xulosalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 429-483-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim mazmuni akmeologik yondashuvga doir tahlillar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
akmeologik yondashuv asosida talabalarni kasbiy-ijtimoiy faoliyatga tayyorlash jarayonining funksional-struktur modeli asosiy funksional blokiga talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash bosqichlari, tashkiliy shakllari hamda qayta aloqa blokiga akmeologik monitoring, kasbiy kamolotga erishish dinamikasi algoritmini integrativ tatbiq etishning o‘zaro funksional uyg‘unligini ta’minlash mexanizmlari asosida  takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 429-483-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim jarayoni tizimli tashkil etilishiga xizmat qilgan; 
akmeologik yondashuv asosida talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi realizatsiya bosqichi mazmuniga amaliy mashg‘ulotlarda foydalanishga doir akmetreninglar tizimi hamda mustaqil ta’lim jarayoniga yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalar kompleksi bilan kasbiy kamolotga yo‘naltirilganlik, subekt-faoliyatlilik va refleksiv o‘z-o‘zini rivojlantirish tamoyillarining o‘zaro uyg‘unligi orqali takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlardan Qarshi davlat universiteti, Samarqand davlat pedagogika instituti va Termiz davlat pedagogika institutlarida o‘tkazilgan pedagogik eksperiment jarayonida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 2026-yil 1-aprelda 01/01-01-209-sonli ma’lumotnoma). Natijada, pedagogik ta’lim metodik ta’minoti mazmunan takomillashuviga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish