Alibekov Dilshod Islomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “O‘yinlar vositasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4699.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibraximov Sanjar Urunbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘yinlar vositasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatini rivojlantirish mazmuni “Teng imkoniyat” rolli-didaktik o‘yinida jamoaviy vazifalarni o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida ularning qiziqishi hamda individual qobiliyatlariga muvofiq taqsimlash orqali o‘zaro teng hamkorlik ko‘nikmasini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari darsdan tashqari “Gender madaniyat” to‘garagi mashg‘ulotlariga o‘quvchi tanloviga ko‘ra o‘yin syujeti o‘zgarib boradigan tarmoqlangan rolli vaziyatlarni kiritish orqali gender munosabatlarida teng hamkorlik usulini mustaqil tanlash faoliyatini faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatini rivojlantirish modeli o‘yinda egallangan teng hamkorlik tajribasini kundalik muloqot vaziyatlarida qo‘llashga yo‘naltirilgan refleksiv topshiriqlarni jarayonli va natijaviy bloklar bilan bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyati rivojlanganligini aniqlash samaradorligi teng hamkorlik usulini tanlash ko‘nikmasini yuqori (mustaqil tanlaydi va qarorini asoslaydi), o‘rta (yo‘naltiruvchi ko‘mak asosida tanlaydi) hamda quyi (hamkorlik usulini tanlashda doimiy ko‘makka ehtiyoj sezadi) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘yinlar vositasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatini rivojlantirish mazmuni “Teng imkoniyat” rolli-didaktik o‘yinida jamoaviy vazifalarni o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida ularning qiziqishi hamda individual qobiliyatlariga muvofiq taqsimlash orqali o‘zaro teng hamkorlik ko‘nikmasini shakllantirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 03-33-1719-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘zaro teng hamkorlik ko‘nikmasini shakllantirishga erishilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari darsdan tashqari “Gender madaniyat” to‘garagi mashg‘ulotlariga o‘quvchi tanloviga ko‘ra o‘yin syujeti o‘zgarib boradigan tarmoqlangan rolli vaziyatlarni kiritish orqali gender munosabatlarida teng hamkorlik usulini mustaqil tanlash faoliyatini faollashtirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” kabi dasturlar senariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 31-martdagi 05-09-549-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Gender madaniyat” to‘garagi mashg‘ulotlariga o‘quvchi tanloviga ko‘ra o‘yin syujeti o‘zgarib boradigan tarmoqlangan rolli vaziyatlarni kiritishga erishilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyatini rivojlantirish modeli o‘yinda egallangan teng hamkorlik tajribasini kundalik muloqot vaziyatlarida qo‘llashga yo‘naltirilgan refleksiv topshiriqlarni jarayonli va natijaviy bloklar bilan bog‘lash asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0910202206-raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida integrativ foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 03-33-1719-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning gender madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender madaniyati rivojlanganligini aniqlash samaradorligi teng hamkorlik usulini tanlash ko‘nikmasini yuqori (mustaqil tanlaydi va qarorini asoslaydi), o‘rta (yo‘naltiruvchi ko‘mak asosida tanlaydi) hamda quyi (hamkorlik usulini tanlashda doimiy ko‘makka ehtiyoj sezadi) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslashga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar uchun” kabi dasturlar senariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 31-martdagi 05-09-549-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda teng hamkorlik usulini tanlash ko‘nikmasini yuqori, o‘rta hamda quyi darajalarda baholashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish