Mamayoqubova Shahlo Obloqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped11792.
Ilmiy rahbar: Begmatova Dilnoza Muxtarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Gulchehra Sharipboevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamatov Dilmurad Narmurotovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli kontent yaratish va tanlashning mazmuniy, adaptiv va interaktiv ta’limni tashkil etishning protsessual, raqamli baholash va ta’lim analitikasining diagnostik hamda AI asosidagi individual pedagogik qo‘llab-quvvatlashning korreksion imkoniyatlarini o‘zaro integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli uning tarkibiga “Raqamli didaktik dizayn” hamda “Texnologik resurslarni pedagogik adaptatsiya qilish” komponentlarini kiritish, raqamli kontent, adaptiv-interaktiv ta’lim, virtual hamkorlik, sun’iy intellekt, raqamli baholash va ta’lim analitikasi imkoniyatlarini “mazmun – faoliyat – diagnostika – korreksiya – refleksiya” uzviyligida integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi talabalarda raqamli dunyoqarash va texnologik o‘zgarishlarga adaptiv munosabatni shakllantirish, sun’iy intellekt vositalari asosidagi diagnostika orqali aniqlangan kompetentlik bo‘shliqlarini individual ta’lim traektoriyasi, refleksiv teskari aloqa va adaptiv o‘quv topshiriqlari vositasida bosqichma-bosqich bartaraf etishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi raqamli transformatsiya sharoitida raqamli etika, kiber-pedagogik mahorat, sun’iy intellekt bilan samarali hamkorlik, mediaxavfsizlik hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishga tayyorlik komponentlarining funksional-dinamik aloqadorligi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli kontent yaratish va tanlashning mazmuniy, adaptiv va interaktiv ta’limni tashkil etishning protsessual, raqamli baholash va ta’lim analitikasining diagnostik hamda AI asosidagi individual pedagogik qo‘llab-quvvatlashning korreksion imkoniyatlarini o‘zaro integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalaridan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 3668-2369-8b02-d527-ebb5-7583-4119-son nashr guvohnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma mualliflik raqamli ta’lim kontentini yaratish, refleksiv faoliyatni tashkil etish hamda pedagogik agentivlikni rivojlantirishga oid yangi mavzu va amaliy topshiriqlar bilan boyitilgan;
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning takomillashtirilgan modeli uning tarkibiga “Raqamli didaktik dizayn” hamda “Texnologik resurslarni pedagogik adaptatsiya qilish” komponentlarini kiritish, raqamli kontent, adaptiv-interaktiv ta’lim, virtual hamkorlik, sun’iy intellekt, raqamli baholash va ta’lim analitikasi imkoniyatlarini “mazmun – faoliyat – diagnostika – korreksiya – refleksiya” uzviyligida integratsiyalash asosida takomillashtiriga oid tavsiyalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022–2024-yillarda AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari hamkorligida AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan «English Access Microscholarship Program» loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 6-yanvardagi 28/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi ta’lim mazmuni raqamli didaktik dizayn tamoyillari asosida takomillashtirilib, raqamli ta’lim resurslarini pedagogik jihatdan moslashtirish hamda ulardan samarali foydalanishga oid metodik ta’minot boyitilgan;
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi talabalarda raqamli dunyoqarash va texnologik o‘zgarishlarga adaptiv munosabatni shakllantirish, sun’iy intellekt vositalari asosidagi diagnostika orqali aniqlangan kompetentlik bo‘shliqlarini individual ta’lim traektoriyasi, refleksiv teskari aloqa va adaptiv o‘quv topshiriqlari vositasida bosqichma-bosqich bartaraf etishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2025–2026-yillarda amalga oshirilgan IL-8624042791-sonli «Arxaizmlarning o‘zbekcha-inglizcha izohli elektron platformasini yaratish (“OPA” – Online Platform of Archaisms)» innovatsion loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 29-iyundagi 04/11-15120-son ma’lumotnomasi). Natijada platformaga foydalanuvchilarning individual rivojlanish traektoriyasini qo‘llab-quvvatlovchi refleksiv teskari aloqa elementlari hamda adaptiv o‘quv topshiriqlarini tavsiya etish mexanizmlari joriy qilinib, foydalanuvchilarning kasbiy va raqamli kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi raqamli transformatsiya sharoitida raqamli etika, kiber-pedagogik mahorat, sun’iy intellekt bilan samarali hamkorlik, mediaxavfsizlik hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlanishga tayyorlik komponentlarining funksional-dinamik aloqadorligi asosida aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalaridan «Pedagogik mahorat» nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 3668-2369-8b02-d527-ebb5-7583-4119-son nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini baholashning zamonaviy mezon va indikatorlari takomillashtirilib, raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt vositalaridan pedagogik maqsadlarda samarali foydalanish, raqamli etika va kiberxavfsizlikka oid kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti kuchaytirilgan.