Mamatqosimov Jahongir Abirqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (san’atshunoslik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped962.
Ilmiy maslahatchi: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Boltaboy Avazovich, san’atshunoslik fanlari doktori, dotsent; Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishning didaktik ta’minoti talaba-rejissyorlarning mutolaa, adabiy asar yozish va sahnalashtirish ko‘nikmalarini analitik, spesifik rivojlantiruvchi “Rejissyorlik mutolaasi”, “Rejissyor – dramaturg”, “ArtEdu+” art texnologiyalari hamda “Rejissyor – psixolog” ta’limoti kontekstida kreativ, divergent, konvergent fikrlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirish modeli talaba-rejissyorlarning kasbiy kompetentligi rivojlanishining didaktik-ijodiy dinamikasini maqsadli boshqarish va barqarorlashtirishga qaratilgan diagnostik va texnologik komponentlarning badiiy korrelyasiyasi asosida takomillashtirilgan;
auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi “Trening”, “Drabbl”, “Etyud”, “Dramatik parcha”, “Dramatik asar” metodlarining integrativ qo‘llanilishi, kompetensiyaviy yondashuv hamda subekt-subekt munosabatlari asosida talaba-rejissyorlarning sahnaviy interpretatsiya ko‘nikmalari va performativ faoliyatga yo‘naltirilgan ijodiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi funksional-spesifik topshiriqlar asosida takomillashtirilgan;
individual mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi individual ta’lim traektoriyasiga asoslangan “Og‘zaki hikoya”, “Mantiqiy hikoya”, “Davomli hikoya”, “Ikebana”, “Muqova”, “Uch xalqa” mualliflik metodlarining talaba-rejissyorlarda faollik va kreativlikni integral va intensiv rivojlantiruvchi kreativ tasklar asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi “Inssenirovka tayyorlash”, “Ssenariy yozish”, “Audio va video manbalar to‘plash”, “Bayram va tomoshalarni tahlil qilish” metodlarining integrativ va bosqichli qo‘llanilishi orqali talaba-rejissyorlarning kreativ tafakkuri, sahnalashtirish va dramaturgik tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlovchi refleksiv-ijodiy praktikum asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishning didaktik ta’minoti talaba-rejissyorlarning mutolaa, adabiy asar yozish va sahnalashtirish ko‘nikmalarini analitik, spesifik rivojlantiruvchi “Rejissyorlik mutolaasi”, “Rejissyor – dramaturg”, “ArtEdu+” art texnologiyalari hamda “Rejissyor – psixolog” ta’limoti kontekstida kreativ, divergent, konvergent fikrlash asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishga qaratilgan “Rejissyorlik mutolaasi”, “Rejissyor-dramaturg” va “ArtEdu+” art texnologiyalarining tashkiliy-ijodiy loyihalashtirish bosqichlari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirish modeli talaba-rejissyorlarning kasbiy kompetentligi rivojlanishining didaktik-ijodiy dinamikasini maqsadli boshqarish va barqarorlashtirishga qaratilgan diagnostik va texnologik komponentlarning badiiy korrelyasiyasi asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida rejissyorlarni tayyorlash jarayonida (2022-2024) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 02-11-17-3933-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan;
auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi “Trening”, “Drabbl”, “Etyud”, “Dramatik parcha”, “Dramatik asar” metodlarining integrativ qo‘llanilishi, kompetensiyaviy yondashuv hamda subekt-subekt munosabatlari asosida talaba-rejissyorlarning sahnaviy interpretatsiya ko‘nikmalari va performativ faoliyatga yo‘naltirilgan ijodiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi funksional-spesifik topshiriqlar asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak rejissyorlar kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
individual mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi individual ta’lim traektoriyasiga asoslangan “Og‘zaki hikoya”, “Mantiqiy hikoya”, “Davomli hikoya”, “Ikebana”, “Muqova”, “Uch xalqa” mualliflik metodlarining talaba-rejissyorlarda faollik va kreativlikni integral va intensiv rivojlantiruvchi kreativ tasklar asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflar “Aktyorlik mahorati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak rejissyorlarning kasbiy kompetentligini adabiy asarlar asosida rivojlantirishga doir debyut mashg‘uloti takomillashuviga xizmat qilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi “Inssenirovka tayyorlash”, “Ssenariy yozish”, “Audio va video manbalar to‘plash”, “Bayram va tomoshalarni tahlil qilish” metodlarining integrativ va bosqichli qo‘llanilishi orqali talaba-rejissyorlarning kreativ tafakkuri, sahnalashtirish va dramaturgik tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlovchi refleksiv-ijodiy praktikum asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan Teatr arboblari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan festivallar, konferensiyalar, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va teatr rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasining 2025-yil 14-avgustdagi 01-02-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, “ustoz-shogird” an’anasiga asoslangan “Hamkorlik mexanizmi” ishlab chiqilgan.