Sattorov Ulug‘bek Abdurazzoq o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda madaniy yodgorliklarni o‘rganish va saqlash borasida YuNESKO bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanish tarixi (1991–2025-yillar)” (Istoriya razvitiya sotrudnichestva Uzbekistana s YuNESKO v oblasti izucheniya i soxraneniya ob’ektov kul`turnogo naslediya (1991–2025 godi)), 07.00.01– O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2210
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Tar.03.01
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, dotsent Ismatullaev Farxodjon Odiljonovich. 
Rasmiy opponentlar:  tarix fanlari doktori, professor Egamberdieva Nigora Azadovna;  tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mo‘minov Azizbek Ziyovuddinovich
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida YuNESKO bilan madaniy yodgorliklarni o‘rganish, saqlash va targ‘ib etish borasida olib borgan hamkorlik faoliyatini tarixiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, uning bosqichlari, yo‘nalishlari va natijalarini ilmiy asosda yoritishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston – YuNESKO hamkorligining institutsional-huquqiy asoslari arxiv hujjatlari, 1993-yilgi Butunjahon merosi konvensiyasiga qo‘shilishga oid me’yoriy manbalar va Milliy komissiya hisobotlari asosida kompleks tahlil qilinib, 1991–2025-yillardagi hamkorlikning bosqichlari hamda taraqqiyot tendensiyalari aniqlangan;
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi xalqaro restavratsiya-konservatsiya loyihalari va Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi, Turonning sovuq qishki cho‘llari obektlari misolida milliy muhofaza tizimini identifikatsiya va yaxlitlik tamoyillari asosida xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish mexanizmlari asoslangan;
2008–2025-yillarda O‘zbekistondagi Askiya, Lazgi, Baxshichilik, Navro‘z, Maqom va boshqa nomoddiy madaniy meros elementlarining soni 18 taga etganligi, ularning autentifikatsiya va institutsional muhofaza orqali xalqaro tizimga integratsiyalashuvi dalillangan;
2021–2025-yillarda hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi, YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o‘tkazilishi hamda 7 ta obekt Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligi va o‘nlab nomzod ob’ektlarning xalqaro muhofazaga jalb etilishi misolida Samarqandning madaniy diplomatiya markaziga aylanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekistonda madaniy yodgorliklarni o‘rganish va saqlash borasida YuNESKO bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanish tarixi bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida;
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillaridan to hozirgi kungacha bo‘lgan (1991-2025 yy.) davrda YuNESKO bilan madaniyat yo‘nalishida hamkorlik jarayonlarini tarixiy va ilmiy nuqtayi nazardan tizimli tahlil qilishi bilan ajralib turadi. Tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshirilgan xalqaro loyihalar, dasturlar tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari hamda rasmiy hisobotlar asosida ilmiy jihatdan tahlil qilindi.
O‘zbekistonda madaniy yodgorliklarni o‘rganish va saqlash borasida YuNESKO bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanish tarixi yaratilgan manbalar asosida tahlil etilib, madaniyat sohasida O‘zbekiston va YuNESKO munosabatlarining mustaqillikkacha bo‘lgan  va mustaqillik davri yoritib berilgan. Shu bilan birga, YuNESKO va O‘zbekiston munosabatlarida tashkilotning turli dasturlari va loyihalari hamda O‘zbekistonning unda ishtirokiga oid tarixiy ildizlari tarixshunosligi jihatidan ochib berilgan. Ushbu ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi O‘zbekiston tarixi” telekanalining 01-20/896-sonli 27-noyabr, 2025-yildagi ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, jumladan, madaniyat sohasidagi hamkorligini mustahkamlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi madaniy yodgorliklarni o‘rganish va saqlash sohasidagi hamkorlikning tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy yo‘nalishlari, erishilgan natijalari va mavjud muammolari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan madaniy merosni muhofaza qilish, xalqaro madaniy hamkorlik va madaniy diplomatiya jarayonlarini tadqiq etishda, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-nazariy yondashuvlarni takomillashtirishda foydalanildi.
Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Madaniyat va san’at tarixi”, “Tarixiy o‘lkashunoslik va turizm”, “Xalqaro munosabatlar tarixi” fanlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda, o‘quv-uslubiy materiallar hamda ilmiy-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda amaliyotga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarkibidagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 11-iyundagi 02/01-01-523-son ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish