Mavlonova Baxtigul Saidovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Oliy ta’lim muassasalari talabalarida boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4801.
Ilmiy rahbar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; 
Djuraev Akbar Salimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining yetakchilik, o‘z-o‘zini va boshqalarni boshqara olish kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari subektlik pozisiyasini “avtonomiya → tashabbus → mustaqil qaror → jamoaviy boshqaruv → mas’uliyat → refleksiya → o‘z-o‘zini rivojlantirish → yetakchilik va boshqaruv” sikli orqali faollashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
oliy ta’lim jarayonida talabalarda boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik modeli talabaning boshqaruv faoliyatiga motivatsion-ehtiyojiy tayyorgarligini loyiha guruhini boshqarish, vazifalarni taqsimlash, nizoli vaziyatni hal qilish, tadbir tashkil etish, jamoaviy qaror qabul qilish orqali kuchaytirish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim jarayonida talabalarda boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi motivatsiya → maqsad → mazmun → faoliyat → boshqaruv → refleksiya → natija ketma-ketligida talabaning mustaqil va jamoaviy boshqaruv faoliyatini talabaning tashabbuskorligi, qaror qabul qilishi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, muloqoti, delegatsiya qobiliyati, nizolarni hal qilishi va refleksivlik kompetensiyalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
OTMlarda talabalarning tashabbuskorligi va boshqaruv faoliyatiga bo'lgan ehtiyojini qo‘llab-quvvatlaydigan muhit subektlik → mustaqillik → tashabbuskorlik → mas’uliyat → boshqaruv faolligidan  bilim → amaliy harakat → boshqaruv tajribasi → refleksiya → kompetensiya bosqichiga o‘tish hamda individual tashabbus → jamoaviy faoliyat → yetakchilik → boshqalarni boshqarish zanjiri uzviyligida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish bo’yicha olingan natijalar asosida: 
oliy ta’lim muassasalari talabalarining yetakchilik, o‘z-o‘zini va boshqalarni boshqara olish kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari subektlik pozisiyasini “avtonomiya → tashabbus → mustaqil qaror → jamoaviy boshqaruv → mas’uliyat → refleksiya → o‘z-o‘zini rivojlantirish → yetakchilik va boshqaruv” sikli orqali faollashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ta’lim tizimini boshqarish” o‘quv  qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan 294491 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda liderlik kompetensiyasini rivojlantirish muammolarini aniqlash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim jarayonida talabalarda boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik modeli talabaning boshqaruv faoliyatiga motivatsion-ehtiyojiy tayyorgarligini loyiha guruhini boshqarish, vazifalarni taqsimlash, nizoli vaziyatni hal qilish, tadbir tashkil etish, jamoaviy qaror qabul qilish orqali kuchaytirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim tizimini boshqarish” o‘quv  qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan  294491 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalarini baholash tizimini tahlil qilishga erishilgan;
oliy ta’lim jarayonida talabalarda boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi motivatsiya → maqsad → mazmun → faoliyat → boshqaruv → refleksiya → natija ketma-ketligida talabaning mustaqil va jamoaviy boshqaruv faoliyatini talabaning tashabbuskorligi, qaror qabul qilishi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, muloqoti, delegatsiya qobiliyati, nizolarni hal qilishi va refleksivlik kompetensiyalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim tizimini boshqarish” o‘quv  qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan  294491 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida boshqaruvga doir bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini tarkib toptiruvchi bosqichma-bosqich tizimli texnologiyasi ishlab chiqishga erishilgan;
OTMlarda talabalarning tashabbuskorligi va boshqaruv faoliyatiga bo'lgan ehtiyojini qo‘llab-quvvatlaydigan muhit subektlik → mustaqillik → tashabbuskorlik → mas’uliyat → boshqaruv faolligidan  bilim → amaliy harakat → boshqaruv tajribasi → refleksiya → kompetensiya bosqichiga o‘tish hamda individual tashabbus → jamoaviy faoliyat → yetakchilik → boshqalarni boshqarish zanjiri uzviyligida takomillashtirishga oid tavsiyalar talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish, vaziyatni nazorat qilishga yo‘naltirilgan “Ta’lim tizimini boshqarish” dasturiy qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan 294491 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda rahbarlikka oid bilim, ko‘nikma, malakalarga moslashuvchanligi aniqlash imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish