Agzamov Avazxon Talgatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt206.
Ilmiy rahbar: Almardonov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islamqulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishda progressiv soliqqa tortish tizimidan tekis (proporsional) soliqqa tortish tizimiga o‘tkazish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq «jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan to‘liq ozod etish» bo‘yicha mavjud imtiyozlar tizimi takomillashtirilgan;
o‘z mol-mulki tarkibida bo‘lgan avtomobil` transportini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar ijara to‘lovlarining minimal miqdorlarini yillik inflyasiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilish uslubiyati ishlab chiqilgan;
jismoniy shaxslar daromadlarini tekis (proporsional) soliqqa tortish tizimida soliqlarning ijtimoiy adolatlilik prinsipini ta’minlash uchun soliqqa tortiladigan jami daromadlardan 1 minimal ish haqi miqdorida chegirma va oiladagi bolalar soniga qarab er yoki xotinning oylik ish haqidan soliq chegirmalari berish taklifi ishlab chiqilgan;
jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini ilmiy-nazariy asoslari, zamonaviy xususiyatlarini tadqiq qilish natijasida uy xo‘jaliklari iste’mol va jamg‘arish normasiga ta’sir etuvchi bevosita hamda bilvosita soliqlarning o‘zaro bog‘langan yahlit tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishda progressiv soliqqa tortish tizimidan tekis (proporsional) stavkadagi soliqqa tortish tizimiga o‘tkazish bo‘yicha taklifi (O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-son Qonuni 2-modda, 32-bandiga muvofiq Soliq kodeksining 181-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga asosan) soliq amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 21 maydagi DS/04-01-32/2830-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ish o‘rinlarini legallashtirishda qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180-modda birinchi qismining 6- va 7-bandlariga muvofiq berilgan «jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan to‘liq ozod etish» imtiyozini bekor qilish bo‘yicha taklifi (O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-son Qonuni 2-modda, 31-bandiga muvofiq) soliq amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 21 maydagi DS/04-01-32/2830-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida xafsizlik, huquqni muhofaza qilish organlari va sud hokimiyati tizimi xodimlariga berilgan soliq imtiyozlari bekor qilinib, bu soha vakillari ham daromad solig‘ini to‘lovchilar tarkibiga kiritilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari qamrovi kengayib, davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga erishilgan;
mol-mulki (avtomobil` transporti)ni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar ijara to‘lovlarining minimal miqdorlarini yillik inflyasiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilinishi bo‘yicha taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 24-ilovasi bilan) soliq amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 21 maydagi DS/04-01-32/2830-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida qat’iy belgilanadigan stavkalar asosida undiriladigan soliqlarda soliq yukini real bozor tamoyillari asosida taqsimlash bilan bog‘liq ayrim muammolarga barham berilgan;
jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va xususiyatlarini tadqiq qilish natijasida uy xo‘jaliklari iste’mol va jamg‘arish normasiga ta’sir etuvchi bevosita hamda bilvosita soliqlarning o‘zaro bog‘langan yaxlit tizimiga oid ilmiy-nazariy qarashlar «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fani bo‘yicha darslikka (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 10 maydagi 192-buyrug‘i, 192-12 guvohnomasi), «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmaga (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 18 oktyabrdagi 380-buyrug‘i, 380-27 guvohnomasi), «Soliqlar va soliqqa tortish» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmaga (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 2 fevraldagi 32-buyrug‘i, 32-075 guvohnomasi), «Pul, kredit va banklar» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-buyrug‘i, 133-134 guvohnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan darslik (o‘quv qo‘llanmalar)da foydalanish jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda mazkur tushunchalarning ta’rifi va aniq chegarasini belgilashga xizmat qilgan.