Metyakubov Azamat Djumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish materiallari sanoatiga investisiyalarni jalb etishning boshqarish samaradorligini oshirish (“O‘zqurilishmateriallari” AJ misolida)», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt775.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimov Akram Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari sanoatiga investisiyalarni jalb etishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari sanoatiga investisiyalarni samarali jalb etishga ta’sir etuvchi investisiya quvvati, investisiya sharoitlari va investisiya tavakkalchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy,  siyosiy-huquqiy, moliyaviy, institusional, umumiqtisodiy va shu kabi  omillar aniqlangan;
qurilish materiallari sanoatiga investisiyalarni jalb etishni boshqarish mexanizmi makrodarajada qulay investisiya muhitini yaratish va uni samarali amalga oshirishni tartibga solish asosida takomillashtirilgan;
“O‘zqurilishmateriallari” AJ tarkibidagi korxonalarning investisiya salohiyati va investisiya risklarini shakllantirish omillari asosida tarmoq korxonalarining investision jozibadorligini boshqarish mexanizmi takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoatida investisiyalarni jalb etishni boshqarish tizimi ekspert baholash usuli va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmining prognoz qiymatlarini aniqlash asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sanoatiga investisiyalarni jalb etishning boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish materiallari sanoatiga investisiyalarni samarali jalb etishga ta’sir etuvchi investisiya quvvati, investisiya sharoitlari va investisiya tavakkalchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy,  siyosiy-huquqiy, moliyaviy, institusional, umumiqtisodiy va shu kabi  omillar aniqlash bo‘yicha takliflar «O‘zqurilishmateriallari» AJning investisiyalarni jalb etish va boshqarish faoliyatiga joriy etilgan  («O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 17 dekabrdagi Gim – 01/03-4285-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida investisiyalarni boshqarish jarayonlari samaradorligini 14 foizga oshirishga erishilgan;
qurilish materiallari sanoatiga investisiyalarni jalb etishni boshqarish mexanizmi makrodarajada qulay investisiya muhitini yaratish va uni samarali amalga oshirishni tartibga solish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zqurilishmateriallari» AJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan  («O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatini 2018 yil 17 dekabrdagi  Gim – 01/03-4285-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallarini ishlab chiqarish  faoliyatiga investisiyalarni jalb etish samaradorligi 25 foizga oshirilgan;
“O‘zqurilishmateriallari” AJ tarkibidagi korxonalarning investisiya salohiyati va investisiya risklarini shakllantirish omillari asosida tarmoq korxonalarining investision jozibadorligini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif «O‘zqurilishmateriallari» AJning investision loyhalarni jalb etishni boshqarish faoliyatiga joriy etilgan  («O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatini 2018 yil 17 dekabrdagi  Gim – 01/03-4285-son ma’lumotnomasi). Natijada investison jozibadorlikni boshqarish algoritmi jamiyatning investision faoliyatiga jalb etilishi kutilayotgan investisiya xatarlarining oldini olish va xatar ta’sirchanligini 12–14 foizga kamaytirish imkonini bergan;
qurilish materiallari sanoatida investisiyalarni jalb etishni boshqarish tizimi ekspert baholash usuli va asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmining prognoz qiymatlarini aniqlash asosida  takomillashtirish bo‘yicha taklif «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini prognoz qilishda foydalanilgan («O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatini 2018 yil 17 dekabrdagi  Gim – 01/03-4285-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida jamiyat va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning 2020-2023 yillarda investisiyalarni jalb qilish prognozlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish