Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish strategiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt546.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mintaqalarda innovatsion boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion boshqaruv faoliyati samaradorligini ta’minlash tizimi institutlar rolini oshirish imkonini beruvchi innovatsion mahsulotlar va innovatsion biznesni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotida nisbiy ustuvorlikka ega bo‘lgan qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda klasterlarni tashkil etish hamda ularni innovatsion boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilgan;
innovatsion boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini baholash uslubiyati yuridik shaxslarga yangi texnologiyalar sotib olish bo‘yicha soliq chegirmalari, kichik biznes sub’ektlariga va yuridik shaxslarga ajratilgan imtiyozli kreditlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
ilmiy va ishlab chiqarish tizimlari, seleksion markazlar, tajriba-ishlab chiqarish muassasalarining innovatsion jarayonlarini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi OTM, ITM va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida integratsion aloqalarni muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion boshqaruv faoliyati samaradorligini ta’minlash tizimi institutlar rolini oshirish imkonini beruvchi innovatsion mahsulotlar va innovatsion biznesni shakllantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashuv, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha sekretariat, uning shahar va tuman hokimiyati bo‘limlari faoliyatlarini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 1 noyabrdagi 04-04/16-11/1439-son ma’lumotnomasi). Ushbu takomillashtirilgan institutlar rolini oshirish imkonini beruvchi innovatsion mahsulotlar va innovatsion biznesni shakllantirish modeli joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda uning shahar va tuman hokimiyatlarida innovatsion markazlar tashkil etish hamda istiqbolli hududiy dasturlar samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotida nisbiy ustuvorlikka ega bo‘lgan qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda klasterlarni tashkil etish hamda ularni innovatsion boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks konsepsiyasini ishlab chiqishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 2 noyabrdagi 01/1176-son ma’lumotnomasi). Mazkur takomillashtirilgan takliflarni amaliyotda joriy etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida innovatsion salohiyat tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘sish sur’atlarini 20 foizga oshirish imkonini bergan;
innovatsion boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini baholash uslubiyoti yuridik shaxslarga yangi texnologiyalar sotib olish bo‘yicha soliq chegirmalari, kichik biznes sub’ektlariga va yuridik shaxslarga ajratilgan imtiyozli kreditlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining sanoat va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘limida tarmoqlar va hududlar rivojlanishini prognozlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 2 noyabrdagi 01/1176-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mintaqada innovatsion boshqarish samaradorligini oshirish va YaHM hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan dastaklarni tanlash imkoniyati yaratilgan;
ilmiy va ishlab chiqarish tizimlari, seleksion markazlar, tajriba-ishlab chiqarish muassasalarining innovatsion jarayonlarini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi OTM, ITMlari va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida integratsion aloqalarni muvofiqlashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashuv, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha sekretariat, uning shahar va tuman hokimiyati bo‘limlari faoliyatlarini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 1 noyabrdagi 04-04/16-11/1439-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashuv, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha sekretariatning ish faoliyati samaradorligini 17 foizga oshirish imkonini bergan.