Murtazaeva Aisafar Bazarkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Menejment yo‘nalishi talabalarining chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD./Ped.2737.
Ilmiy rahbar: Ilieva Lola Kamolovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Ped.45.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubbaev Murodilla Ma’rufovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Lola Taxirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi menejment yo‘nalishi talabalarining chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini til va madaniyat integratsiyasi asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish jarayonining til–madaniyat–muloqot tizimli paradigmasi menejment ta’limi kontekstiga xos kommunikativ-madaniy komponentning didaktik mazmuniga kasbiy diskursning multi-komponent ko‘nikmalarni vertikal integratsiyalash asosida aniqlangan;
menejment yo‘nalishi talabalari uchun chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirishning NMKM (Nutq–muloqot–kasb–madaniyat) tizimi CLIL texnologiyasining 4ta komponentlari (Content, Communication, Cognition, Culture) asosida kasbiy mazmun, kommunikativ faoliyat, kognitiv jarayonlar va madaniy kontekstning o‘zaro integrativ ta’sir mexanizmlarini tizimli tahlil qilish orqali dalillangan;
menejment yo‘nalishi talabalariga sohaga oid terminlarni o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan leksik va grammatik, fonetik, psixologik, madaniy-kontekstual va strategik-pedagogik qiyinchiliklar birlamchi diagnostika, tahliliy guruhlashtirish hamda multi-aspekt tipologik yondashuv orqali termin o‘zlashtirish dinamikasiga ta’sir etuvchi integrativ omillar majmuasi sifatida aniqlangan;
kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish jarayonida til va madaniyat integratsiyasiga asoslangan 4ta komponentlari asosida Communication (muloqot), Collaboration (hamkorlik), Creativity (ijodkorlik) va Critical thinking (tanqidiy fikrlash) bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar va topshiriqlar tizimining samaradorligi kasbiy ko‘nikmalar rivojlanish bosqichlaridagi progressiv o‘zgarishlarning indikatorlar tahlili orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Menejment yo‘nalishi talabalarining chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish jarayonining til–madaniyat–muloqot tizimli paradigmasi menejment ta’limi kontekstiga xos kommunikativ-madaniy komponentning didaktik mazmuniga kasbiy diskursning multi-komponent ko‘nikmalarni vertikal integratsiyalash asosida menejment yo‘nalishi talabalarining kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha “English for Management” o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 27-dekabrdagi 543 buyrug‘i, 543-13-son nashr guvohnomasi). Natijada talabalarning muloqot madaniyatini rivojlantirishda sohaviy terminlarning yoritilishi va mahsulotning chet tilidagi interfeyslari mazmunini boyitishda leksik birliklarning o‘rgatilishi ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirilga xizmat qilgan;
menejment yo‘nalishi talabalari uchun chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirishning NMKM (Nutq–muloqot–kasb–madaniyat) tizimi CLIL texnologiyasining 4ta komponentlari (Content, Communication, Cognition, Culture) asosida kasbiy mazmun, kommunikativ faoliyat, kognitiv jarayonlar va madaniy kontekstning o‘zaro integrativ ta’sir mexanizmlarini tizimli tahlil qilish orqali aniqlanganligiga oid xulosalarga asoslangan holda “Language and Culture” o‘quv qo‘llanmasi yaratilan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 10-iyuldagi 279-sonli buyrug‘i, 279-3-son nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak menejer talabalarning kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirishning NMKM modeli hamdA 4Cs komponentlari asosida kasbiy mazmun, kommunikativ faoliyat va kognitiv jarayonlarni takomillashtirish imkoniyati yaratilishiga xizmat qilgan;
menejment yo‘nalishi talabalariga sohaga oid terminlarni o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan leksik va grammatik, fonetik, psixologik, madaniy-kontekstual va strategik-pedagogik qiyinchiliklar birlamchi diagnostika, tahliliy guruhlashtirish hamda multi-aspekt tipologik yondashuv orqali termin o‘zlashtirish dinamikasiga ta’sir etuvchi integrativ omillar majmuasi sifatida aniqlash asosida Toshkent kimyo texnologiya instituti Evropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasida “101083216 – ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientiss in Food Science and Technology” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent kimyo texnologiya institutining 2025-yil 10-yanvardagi 1/06-84-son ma’lumotnomasi). Natijada menejment va marketing yo‘nalishi talabalarining sohaga oid terminlarni kontekstual o‘zlashtirish, ularni kasbiy og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash hamda terminlarni egallashda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etishga sezilarli darajada rivojlantirish imkoniyatlari aniqlangan;
kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish jarayonida til va madaniyat integratsiyasiga asoslangan 4ta komponentlari asosida Communication (muloqot), Collaboration (hamkorlik), Creativity (ijodkorlik) va Critical thinking (tanqidiy fikrlash) bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar va topshiriqlar tizimining samaradorligi kasbiy ko‘nikmalar rivojlanish bosqichlaridagi progressiv o‘zgarishlarning indikatorlar tahlili orqali o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan “English for Management” o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 27-dekabrdagi 543 buyrug‘i, 543-13-son nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak menejer talabalarning kasbiy terminologiyadan o‘rinli foydalanish, muloqot etikasi va pragmatik moslikka rioya qilish hamda og‘zaki va yozma nutqda kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.