Nurullaeva Nodira Kadamovnaning 
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Rol` natsional`no-kul`turnix sentrov v ukreplenii mejetnicheskix otnosheniy v Uzbekistane (na primere Xorezmskoy oblasti)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tar415.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Matkarimova Sadokat Maksudovna, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Nurjanov Sabit Uzakbaevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori (DSc), professor. Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘li, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda milliy-madaniy markazlarning rolini Xorazm viloyati misolida tarixiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan (qozoq, koreys, rus, tatar) milliy-madaniy markazlarining respublikada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, globallashuv sharoitida etnik madaniyatlarning uzlyuksiz translyasiyasi jarayonida asosiy madaniyat yaratuvchi komponentlarni shakllantirish va saqlab qolishda muhim lokal ijtimoiy-madaniy institut sifatida namoyon bo‘lishi asoslab berilgan;
milliy-madaniy markazlarning O‘zbekiston Respublikasida millatlararo va konfessiyalararo davlat siyosatidagi o‘rni tizimli tahlil qilinib, ularning faoliyati ijtimoiy integratsiya jarayonlariga ziyon etkazmagan holda fuqarolarning etnik va diniy o‘ziga xosligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgani, shu bilan birga ko‘p millatli jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, “xalq diplomatiyasi” mexanizmlarini rivojlantirish hamda milliy identifikatsiya jarayonlarining destruktiv – millatchilik shakllariga aylanishining oldini olishdagi ahamiyati konseptual jihatdan asoslangan;
mustaqillik yillarida Xorazm viloyatidagi milliy-madaniy markazlar faoliyatining institutsional samaradorligini kompleks baholash asosida ularning tashkiliy-huquqiy faoliyati, hujjatlar bilan ta’minlash tizimi va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ular faoliyatining barqarorligi va natijadorligini oshirishning asosiy omili bo‘lganligi isbotlangan;
milliy-madaniy markazlarning hududiy rivojlanish jarayonlaridagi ijtimoiy roli ochib berilib, ularning nafaqat madaniy hayotda, balki mintaqaning iqtisodiy taraqqiyotida ham faol subekt sifatida ishtirok etayotgani, xususan, investision jozibadorlikni oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda hududiy brendni shakllantirishga qo‘shayotgan hissasi asoslangan;
Xorazm viloyatidagi milliy-madaniy markazlarning davlat siyosatini amalga oshirishdagi funksional roli kompleks tahlil asosida yoritilib, markazlar faoliyati millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash bilan bir qatorda, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, ziyorat va biznes turizmini kengaytirish orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgani isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Ushbu tadqiqotning ilmiy ahamiyati uning materiallari va xulosalaridan O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni tartibga solish va diasporologiya masalalarini o‘rganish sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda foydalanish imkoniyati, shuningdek, mazkur sohada ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish uchun asos bo‘lishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa uning natijalarini O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha millatlararo totuvlik masalalari va milliy-madaniy markazlarning rolini yorituvchi o‘quv adabiyotlarini boyitishda, shuningdek, oliy ta’lim tizimidagi ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘quv kurslarini zamonaviylashtirish jarayonida qo‘llash mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Ushbu tadqiqot ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tavsiyalar majmuasini taqdim etadi: birinchidan, turli millatlarning tarixiy-madaniy va ma’naviy merosini tiklash, asrash va ommalashtirishda milliy-madaniy markazlar (Xorazm viloyati va umuman O‘zbekiston misolida) faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning barkamol yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan vazifasini takomillashtirish;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va demokratik islohotlar jarayonida millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash hamda ularning imkoniyatlarini keng ko‘lamda ro‘yobga chiqarishni o‘rganishga xizmat qiladigan tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Mavzu bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida tadqiqot natijalari quyidagicha qo‘llanildi:
Dissertatsiyaning ilmiy natijalari dastlab Xorazm Ma’mun akademiyasining amaliy loyihalarini bajarishda foydalanildi: I-FA-2019-25 – Xorazm shaharlari tarixi, madaniy merosi, yodgorliklari va san’at asarlarini o‘rganish asosida SMART-texnologiyalarni yaratish; PZ-2020103078 – “Dorul hikmat val maorif” zamonaviy virtual muzeyini barpo etish (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi hududiy bo‘limining 2025-yil 30-iyundagi 187/2-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar o‘zbek xalqining boshqa xalqlar bilan munosabatlari tarixi, yozma manbalarda qayd etilgan noyob ilmiy faktlar hamda ilm-fan uchun noma’lum bo‘lgan manbalarda keltirilgan tarixiy ma’lumotlar grantning ilmiy-nazariy bazasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi;
Mintaqaning tarixan shakllangan etnomadaniy xilma-xilligini inobatga olib, milliy-madaniy markazlarning keng qamrovli faoliyati mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni ta’minlashga, xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga hamda etnomadaniy jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilganligi asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari qo‘mitasining 2025-yil 15-apreldagi 14-07-97-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan O‘zbekistondagi milliy-madaniy markazlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi hamda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilishi mumkin;
Xorazm viloyati mahalliy boshqaruv organlari, milliy-madaniy markazlar va etnik jamoalar vakillari bilan o‘tkazilgan suhbatlar hamda dala tadqiqotlari natijasida viloyatdagi milliy-madaniy markazlar faoliyatining tarixiy, sotsiologik va madaniy jihatlarini har tomonlama tahlil qilish imkonini beruvchi noyob materiallar qo‘lga kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari qo‘mitasining 2025-yil 15-apreldagi 14-07-97-sonli ma’lumotnomasi).  Qo‘lga kiritilgan natijalar millatlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga, shuningdek, ijtimoiy va madaniy-ma’naviy mexanizmlarni kuchaytirishga xizmat qiladi;
Dissertatsiyada birinchi marta quyidagilar tizimli ravishda o‘rganilgan: mahalliy an’analarni inobatga olgan holda etnomadaniy hamkorlik dasturlarini shakllantirish, milliy-madaniy markazlar tadbirlarini hududning ta’lim va madaniy tashabbuslari bilan uyg‘unlashtirish, milliy-madaniy markazlar faoliyatiga hududiy yondashuvlar (“Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining 2024-yil 17-dekabrdagi 01-59-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan turli etnik diasporalarning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish va milliy-madaniy markazlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun foydalanish mumkin;
Dissertatsiya materiallari va ilmiy natijalar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar zalida 2023-yil 17-25-aprel kunlari o‘tkazilgan Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali doirasidagi amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasiga tayyorlangan matnlarda qo‘llanildi. Ko‘rgazma eksponatlari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston milliy-madaniy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikning millatlararo barqarorlikni mustahkamlash, milliy-madaniy merosni saqlash va rivojlantirish hamda millatlararo muloqotni rivojlantirishning samarali vositasi ekanligini namoyon etdi. Ko‘rgazma eksponatlar mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berish imkonini berdi (O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 15-maydagi 81-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu dissertatsiya va ilmiy natijalar amaliy san’at asarlari ko‘rgazmalarini tashkil etishda katta ahamiyatga ega;
Xorazm viloyatidagi milliy-madaniy markazlar va boshqa hududlardagi tuzilmalar faoliyati ilk bor qiyosiy tahlil etildi. Milliy-madaniy markazlarning millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik, do‘stlik va yagona ko‘p millatli oila tuyg‘usini mustahkamlashdagi o‘rni haqidagi tadqiqot natijalaridan  Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining qoraqalpoq tilidagi “Ülkemiz boylap” va “Künnin temasi” ko‘rsatuvlarida keng jamoatchilikka yetkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2024-yil 27-yanvardagi 05-22/42-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar yosh avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik, hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish