Karimova Feruza Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiyma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek-ingliz ta’limiy bilingvizm sharoitida omonimiyaning psixolingvistik jihatdan chog‘ishtirma tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
        Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil16563
        Ilmiy rahbar: Zokirov Muhtorali Turdalievich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
        IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sarimsoqov Xurshid Abdumalikovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qurbonova Sayyora Maxamadalievna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
        Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek-ingliz ta’limiy bilingvizm sharoitida o‘zbek tili egalarining ikki tilga xos omonimik birliklarni idrok qilish, ularning ma’nolarini ongda qayta ishlash va saqlash jarayonlarini psixolingvistik jihatdan chog‘ishtirma tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotninig ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
        o‘zbek-ingliz ta’limiy bilingvizm sharoitida omonimlarni idrok etish jarayoni o‘rganilib, omonim ma’nosining ongda faollashuvi va xotirada mustahkamlanishi yosh, kognitiv rivojlanish darajasi va ikkinchi tilni egallash bosqichiga bog‘liqligi aniqlanib, omonimni anglash jarayoni “kontekst – ustuvor ma’no – al`ternativ ma’nolarni ajratish” ketma-ketligida kechishi asoslangan;
omonimlarning struktur-semantik tiplari va kelib chiqish manbalari (fonetik, grafik, etimologik) tasniflanib, ularni eksperimental tadqiqot uchun tanlash mezonlari (semantik farqlanish darajasi, kontekstga bog‘liqlik, chastota va ma’no ustuvorligi) dalillangan;
assotsiativ eksperiment natijalariga ko‘ra, ma’no aktuallashuviga ta’sir qiluvchi omillar ierarxiyasi aniqlanib, “ustuvorlik effekti” hamda konkret va mavhum ma’nolarning o‘zlashtirilish tezligi o‘rtasidagi farqlar aniqlangan;
         o‘zbek va ingliz stimul-omonimlariga javob strategiyalaridagi farqlarni belgilovchi kognitiv va tillararo omillar aniqlanib, grafik va fonetik o‘xshashlik ma’no faollashuvini tezlashtirishi, yosh va jins omillari esa reaksiyalarga ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek-ingliz ta’limiy bilingvizm sharoitida omonimlarni idrok etish jarayoni o‘rganish, omonim ma’nosining ongda faollashuvi va xotirada mustahkamlanishi yosh, kognitiv rivojlanish darajasi va ikkinchi tilni egallash bosqichiga bog‘liqligi aniqlanib, omonimni anglash “kontekst – ustuvor ma’no – al`ternativ ma’nolarni ajratish” ketma-ketligida kechishiga oid natijalaridan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusida 2020-2023-yillarda tashkillangan loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-noyabrdagi 04/1-5498-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishida zamonaviy tilshunoslikdagi yangi qarashlar hamda kognitiv va psixolingvistik tushunchalar bilan boyishida tadqiqot ishi nazariy manba vazifasini o‘tagan;
assotsiativ eksperiment natijalariga ko‘ra, ma’no aktuallashuviga ta’sir qiluvchi omillar ierarxiyasi aniqlandi hamda birinchi taqdim etilgan ma’noning “ustuvorlik effekti” tufayli kuchliroq esda qolishi, shuningdek, konkret ma’nolarning tezroq, mavhum ma’nolarning esa kontekst asosidagi farqlarga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL – 402104209 “Axborot – qidiruv tizimlari (Google, yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-noyabrdagi 04/1-5499-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishda tilshunoslikka oid materiallar mazmunan boyitilgan hamda ilmiylik darajasi oshgan;
omonimlarning struktur-semantik tiplari va kelib chiqish manbalari (fonetik, grafik, etimologik) tasniflanib, shu asosda assotsiativ eksperiment uchun stimul-omonim juftliklarini tanlash mezonlari (semantik farqlanish darajasi, kontekstga bog‘liqlik, chastota va ma’no ustuvorligi) xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2025-yil may va sentyabr oylarida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 12-noyabrdagi 05-09-1803-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish