Sharopova Ra’no Jaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy terminlarining semantik-struktur xususiyatlari va leksikografik talqini», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil509.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, Phd.30.05.2018.Fil.70.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Shuxrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi o‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy terminlarining struktur, semantik, yasalish, leksikografik xususiyatlarini aniqlash, mavzuiy guruhlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi ijtimoiy-siyosiy terminlarning ichki siyosat, xalqaro siyosat va ilmiy-siyosiy tushuncha ifodalovchi mavzuiy guruhlari, tarixiy-etimologik o‘z hamda o‘zlashma qatlamlari aniqlangan;
ijtimoiy-siyosiy terminlarning “miqdor”ning oshib borishi” belgisi bilan tartiblanadigan birikmali, juft, qo‘shma, sodda struktural shakllari, affiksal, kompozision, semantik kabi derivativ usullarining soha terminologiyasi boyishidagi o‘rni dalillangan;
ijtimoiy-siyosiy terminlar doirasida sinonimiya, variantlilik, omonimiya hamda ko‘p ma’nolilikning terminlar semantik taraqqiyoti va umumiste’mol leksika asosida boyish hisobiga yuzaga kelishi, ularning kommunikatsiya jarayoniga ta’siri asoslangan;
ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lug‘ati modeli ilgari surilib, unda giponimik qonuniyatning termin izohini shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy terminlarning semantik-struktur xususiyatlari hamda leksikografik ta’riflanishini ochib berish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy-siyosiy terminlarning sodda, qo‘shma, juft, birikma kabi struktural shakllariga bog‘liq ilmiy natijalardan FA-F1-G041 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 16 maydagi 3/1255-1466-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida ijtimoiy-siyosiy terminologiya ko‘lamini belgilash va ijtimoiy-siyosiy terminlarni izohlashga doir nazariy qarashlar mukammallashishiga erishilgan;
ijtimoiy-siyosiy terminlarning leksik va semantik taraqqiyoti bilan bog‘liq sinonimiya va ko‘p ma’nolilikni aniqlash borasidagi ilmiy natijalardan XT-F-2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi loyihasida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 yanvardagi 89-03-507-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Tadqiqot natijalari asar matnini tahlil qilishda ijtimoiy-siyosiy terminlar ustida ishlash, o‘quvchilar kompyuter texnikasi vositasida mustaqil fikrlashga doir bilimlarini oshirish uchun tuziladigan savol-topshiriqlarni tayyorlashga xizmat qilgan;
jins-tur izohi, uning nazariy asosi, jins-tur izohidan foydalanib ijtimoiy-siyosiy termin izohini shakllantirish tamoyillariga doir tadqiqot natijalaridan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (ISBN 978-9943-5575-2-9). Tadqiqot natijalari ijtimoiy-siyosiy terminologik izohli lug‘atga terminlar tanlash va ularni izohlashga xizmat qilgan.