Inogamov Akmal Muratovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Optik tolalarni kamyob er elementlari bilan modifikatsiyalash usullari va ularning spektral tavsifi», 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari ixtisosligi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T329
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Radjabov Tel`man Dadaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdukayumov Abdurashid Abdulxairovich, texnika fanlari doktori, professor; Baxromov Sa’dulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raximov Ne’matjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kamyob er elementlariga asoslanib murakkab geometriyali ko‘p komponentli yupqa qatlamlarni vakuum muhitida bug‘lantirish orqali optik tolalarni modifikatsiyalash usullari hamda kamyob er elementlarining yuqori konsentratsiyali lokal modifikatsiyalangan optik tolalarni tayyorlash va spektral xarakteristikalarini o‘lchashning optik va mexanik qurilmalar kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optik tolalarni kamyob er elementlari bilan modifikatsiyalash maqsadida kvarsli rezonator va termik bug‘lantirish usulini qo‘llagan holda vakuumda boshqarishli bug‘lantirish uslubi ishlab chiqilgan;
optik tola ochiq o‘zagining sirtida hosil qilinadigan (Er2O3 - Al2O3 - SiOx va Er2O3 - Yb2O3 - Al2O3 - SiOx) ko‘p komponentli optik yupqa qatlamlar qalinligi va tarkibini yuqori aniqlikda nazorat qiluvchi erbiy, itterbiy, kremniy va alyuminiy oksidlarini bir vaqtning o‘zida vakuum sharoitida boshqarishli bug‘lantirish uslubi ishlab chiqilgan;
erbiy ionlarining klasterlanishini so‘ndirish xususiyatiga ega strukturalar namunalarini tayyorlash va shakllantirilgan qatlamlarda erbiy ionlarining yuqori konsentratsiyasini (1020 - 1021) sm-3 olishni ta’minlovchi optik tolalarni vakuum muhitida modifikatsiyalash usuli yaratilgan va eksperimental sinovdan o‘tkazilgan;
reaktiv gaz (kislorod) atmosferasida vakuumning 0,25-0,35 Pa ((2-3)·10−3 mm sim.ust.) bosim qiymatlarida metall erbiy va alyuminiyning bir vaqtda bug‘lantirish usulini qo‘llash yordamida vakuum muhitida modifikatsiyalangan optik tolalarning namunalari, optik tolali aloqa liniyalari uchun amaliy ahamiyatga ega erbiy ionlarining (Er3+) ~1540 nm to‘lqin uzunligi diapazonida intensiv fotolyuminessensiya (nur tarqata olish qobiliyati) mavjudligi isbotlangan;
yuqori tezlikli optik tolali aloqa liniyalarida qo‘llaniladigan modifikatsiyalangan optik tolalarni ishlab chiqishning aktivlashtirilgan andazalarini tayyorlash va kamyob er elementlar aktiv ionlarining yuqori konsentratsiyali (1020-1021) sm-3 samarali planar, hamda optik tolali kuchaytirgichlarni yaratish usuli ishlab chiqilgan;
kamyob er elementlarini aktivlashtirish maqsadida integral optik tolali tizimlar uchun modifikatsiyalangan optik muhitlarda yaratilgan planar optik kuchaytirgichlarni ko‘ndalang damlash uslubi amalda tadbiq etilgan;
modifikatsiyalangan optik tolalar va qisqa masofali optik kuchaytirgichlarning spektral xarakteristikalarini o‘rganishda eksperimental tadqiqot natijalarini ekranda kuzatish va ro‘yxatga olish usullari ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan optik tolalar asosida ishlaydigan qisqa masofali optik tolali kuchaytirgichlarni yaratishda kamyob er elementlarining konsentratsiyasi balandligi, kuchaytirgichlarning shovqin faktorining pastligi va kuchaytirish koeffisient ko‘rsatkichini yuqoriligini ta’minlash me’zonlari ishlab chiqilgan;
erbiy ionlarini vakuumda boshqarishli bug‘lantirish orqali yaratilgan optik kuchaytirgichlarda shovqin-faktorining pastligi va OSNR (Optical signal noise ratio) parametrining yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarkibida sof erbiy va germaniy dioksidining faollashtirilgan ionlari yuqori konsentratsiyasiga ega bo‘lgan vakuum muhitida 1*10-3 dan 5*10-4 Pa bosimi ostida kamyob er elementlarning termik bug‘lantirish orqali optik tolalar yarim mahsulotini tayyorlashning soddalashtirilgan va zararsiz, ekologik xavfsiz usuli joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi IAP 04944 ixtiroga patent). Optik tolalarni vakuumda modifikatsiyalash qurilmasida termik bug‘lantirish, bug‘lantirilgan elementlarni nazorat qilish va bug‘lanish intensivligini boshqarish kabi texnologik jarayonlarni yagona eksperimental kompleksda birlashtirish orqali olingan modifikatsiyalangan optik tola va optik tolali kuchaytirgichlar milliy telekommunikatsiyalar operatori AK «O‘zbektelekom» optik tolali tarmoqlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yil 12 iyundagi 02-8/2317-son ma’lumotnomasi). Optik tolalarni kamyob er elementlari bilan legirlashda moddiy resurslarga ketadigan sarf-xarajatlarni 35% ga va optik tola andazalarini yaratish vaqtini 50% ga kamaytirishga erishilgan. Qisqa masofali optik kuchaytirgichlar va modifikatsiyalangan optik tolalar ko‘rinishidagi natijalar, boshqariluvchi punktlar orasidagi oraliq masofani 30% ga oshishi (1000 km oraliqda kuchaytirgichlar soni 15 taga to‘g‘ri keladi) va regeneratsion qurilmalar sonining 1,5 barobar kamayishi hisobiga yillik iqtisodiy samara 72 mln. so‘mni tashkil etgan.