Uralov Azamat Begnarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili qo‘shimchalari tizimida murakkab va «kengaygan shakllar», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil503.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar:  Mirzaqulov Tursunali O‘taevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSs.29.11.2018.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mahkamov Ne’mat, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: morfem birliklarning kelib chiqishi, o‘zaro munosabati, tildagi o‘rni, vazifasi, farqli va o‘xshash jihatlarini aniqlash, murakkab hamda «kengaygan shakl»larning lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morfemalar kelib chiqishi va boyishining ijtimoiy tafakkur qonuniyatlari bilan bog‘liqligi, agglyutinatsiya va fuziya jarayonlarining amal qilishi hamda morfem tizimdagi o‘rni ochib berilgan;
morfem sathda qo‘shma affiks, murakkab va «kengaygan shakl»larning hosil bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;
murakkab shakllarning qo‘shma affikslardan tarkib jihatidan farqlanishi, ayrim qo‘shma affikslar qismlaridagi ma’noviy-vazifaviy o‘zgarishi ochib berilgan;
sodda va qo‘shma affikslar sirasida murakkab hamda «kengaygan shakl»larning mustaqil birliklar ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek tili qo‘shimchalari tizimida murakkab va «kengaygan shakl»larni o‘rganish asosida:
o‘zbek tili morfemalarining kelib chiqishi va boyish manbalari yuzasidan olingan ilmiy natijalardan 2017-1-14/3 raqamli «O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish» innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 fevraldagi 89-03-684-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi o‘quvchilar adabiy nutq  ko‘nikmalarini  shakllantirish,  o‘stirish hamda takomillashtirishda morfem birliklar bilan bog‘liq o‘rinlar takomillashgan;
o‘zbek tili morfemalar tizimidagi struktur o‘zgarishlarning tarixiy sabab va qonuniyatlari, murakkab va «kengaygan» shakllarning hosil bo‘lishi haqidagi xulosalardan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 fevraldagi 89-03-684-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shma affiks, murakkab va «kengaygan shakl»larning ham derivatsion qonuniyatlarga ko‘ra yuzaga kelishiga aniqlik kiritilgan;
murakkab va «kengaygan shakl»larning tur hamda ko‘rinishlari yuzasidan chiqarilgan nazariy xulosalardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» amaliy loyihasida audioma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 fevraldagi 89-03-684-son ma’lumotnomasi). Izlanishlar natijalarida «kengaygan shakl»lar va ularning qo‘shma affiksdan hosil bo‘lishiga, til tizimidagi o‘rniga oid masalalarga oydinlik kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish