Botirova Shaxlo Isamiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy psixologizm (Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” romanlari misolida», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil774.
Ilmiy rahbar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori; Yoqubov Islomjon Ahmedovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ulug‘bek Hamdam nasrida badiiy psixologizmning namoyon bo‘lish prinsiplari, vosita va usullarini aniqlash, yozuvchining adabiy an’anaga ijodiy yondashuv yo‘sini va uslubiy individualligini umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ulug‘bek Hamdam romanlaridagi badiiy psixologizmni yuzaga chiqaruvchi tasvir vositalari va poetik usullar, ijodiy individuallik, badiiy shakl va uslub o‘ziga xosligi singari masalalar o‘zbek hamda jahon adabiyotshunosligi nazariy tushuncha va tamoyillariga tayanib asoslangan;
yozuvchining badiiy psixologizmdan foydalanishdagi ijodiy mahorati, adabiy qahramon yaratish va xarakterlar ruhiyatini badiiy dalillash yo‘sini, qahramonlarga hissiy ta’sir etadigan tabiat manzaralari antiteza prinsipida ifodalangani, portretga xos xarakteristikalarda xatti-harakat, ichki dinamika kuzatilishi, qahramonlardagi “ichki faollik”ka katta e’tibor berilgani badiiy matnga asosan yoritilgan;
“Muvozanat” romanida badiiy psixologizmning namoyon bo‘lish ijodiy tamoyillari adibning shakliy-uslubiy izlanishlari, poetik ifoda tarzi kontekstida “Isyon va itoat” romaniga xos “ichki monolog” va “ong oqimi” ifoda usullarining personaj nutqini individuallashtirish va psixologik asoslashdagi roli aniqlangan;
“Sabo va Samandar” romani epik bayon tarzi orqali U.Hamdam nasrida poetik an’ananing o‘rni, psixologik tahlil ularda inson ma’naviy-psixologik hayotini talqin etishning sintezlashgan usullari bilan uyg‘unlashib ketganligi yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy psixologizmni tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Janr ichki shakllarining yuzaga kelishining tadrijiy takomiliga oid nazariy qarashlari va ilmiy xulosalaridan FA-F1-GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining ilmiy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental davlat loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 martdagi 89-03-938-ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy psixologizmning takomillashib borishi xususidagi nazariy fikrlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining “Ijodning sehrli olami” va “Assalom, Jizzax” tonggi dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 11 apreldagi 01-08/434-ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining yanada keng shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitishga va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish