Bozorov Akmal Amonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar va ularni soliqqa tortishni takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt331.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Adizov Akramjon Jumaboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslarning deklarasiya asosida soliq solinadigan daromadlariga nisbatan qo‘llaniladigan tabaqalashtirilgan stavkalarning ular daromadlariga salbiy ta’siri aniqlanib, daromad solig‘i stavkalarini unifikasiyalash taklifi ilmiy asoslangan;
soliq majburiyati yuzasidan taqdim qilinadigan ma’lumotlarni soliq idoralaridagi ma’lumotlar bazasiga on-line integrasiya qilish taklifi ilmiy asoslangan;
jismoniy shaxslarning mulklarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha fiskal siyosat ta’sirchanligini oshirish maqsadida ushbu daromadlarga nisbatan eng kam stavkalarni joriy etish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
jismoniy shaxslar turarjoylarini sotish bo‘yicha bitim natijasida olingan daromadlarni deklarasiya asosida soliqqa tortish amaliyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar va ularni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha yagona stavka joriy qilinishi yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi PF-5468-sonli Farmonining 2-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 23 iyuldagi 16/2-16355-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 12 foizli stavka joriy qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasida aniq belgilab qo‘yilgan va 2019 yilda 361,7 mlrd. so‘m jismoniy shaxslar ixtiyorida qolishi, shu bilan birga jismoniy shaxslarning quyi (2018 yilda 7,5 foizli) stavkada deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan daromadlari bo‘yicha byudjetga 1 025,6 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ tushishi aniqlangan;
daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish samaradorligini oshirish hamda hisoblangan soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi PF-5468-son Farmonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 23 iyuldagi 16/2-16355-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar bazalarini soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot-resurs bazasiga integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlanib, ularning ma’lumotlar bazasini soliq organlarining axborot-resurs bazasiga integratsiya qilish vazifasi topshirilgan;
jismoniy shaxslarning mulklarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrda PQ-2099-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 1 dekabrdagi 14-26200-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy shaxslarning noturar joylari hamda avtotransport vositalarini ijaraga berishning eng kam stavkalari amaliyotga joriy qilinib, 2017 yilda davlat byudjetiga 27,8 mlrd. so‘m miqdorda soliq hisoblanishiga erishilgan;
jismoniy shaxslar turar joylarini ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq bitim tuzilgan taqdirda sotishdan olinadigan daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifdan foydalanilib, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-417-son qonuni bilan Soliq kodeksining 179-moddasi 11-bandiga tegishli o‘zgartirish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 1 dekabrdagi 14-26200-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy shaxslar tomonidan ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq bitim tuzilib, turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlari deklaratsiya asosida soliqqa tortilib, byudjetga 2,9 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanishiga erishilgan.