Xurramov Jasur Kuylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik maktab yoshidagi bolalarning sensitiv davrida jismoniy tarbiya darslarida harakatlar tezkorligini rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped211.
Ilmiy rahbar: Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Soliev Xamidullo Xoshimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi bolalarning sensitiv davrida jismoniy tarbiya darslarida harakatlar tezkorligini aylanma mashg‘ulot uslubida rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harakatlar tezkorligini kichik maktab yoshidagi bolalarda rivojlantirishda jismoniy tarbiya darslarida qo‘llaniladigan aylanma mashg‘ulot uslubidan foydalanishning eng maqbul nisbatlari (soni, vaqti, hajmi) aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy qobiliyatlari (tezkorlik, tezlik-kuch, chaqqonlik) rivojlanishining sensitiv davrida jismoniy tarbiya darslarida 9–10 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar harakatlar tezkorligining o‘sish dinamikasi majmuali nazorat mashqlari asosida aniqlangan;
kichik maktab yoshidagi bolalarning harakatlar tezkorligini jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov va asosiy qismlarida rivojlantirishda qo‘llaniladigan aylanma mashg‘ulot mashqlarini bajarish bekatlari, dam olish oraliqlari, takrorlashlar soni, yuklamalarning bajarilish vaqti hamda hajmlari aniqlanib, samaradorligi tajribada isbotlangan;
jismoniy tarbiya darslarida kichik maktab yoshidagi bolalarning harakatlar tezkorligini rivojlantirish metodikasi uch xil mavsumda (kuz, qish, bahor) ochiq havoda va inshootlar ichida o‘tkazilishini inobatga olish va nazorat qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning sensitiv davrida jismoniy tarbiya darslarida harakatlar tezkorligini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
kichik maktab yoshidagi bolalarda harakatlar tezkorligini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan majmuaviy mashqlar Qarshi shahridagi 29-o‘rta maktabning jismoniy tarbiya darslari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik yoshli o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi 12,5% ga yaxshilangan;
jismoniy tarbiya darslari jarayonida 9–10 yoshli bolalarning harakatlar tezkorligini aylanma mashg‘ulot uslubida rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika Qarshi shahridagi 29-o‘rta maktabning jismoniy tarbiya darslari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning tezlik-kuch sifatlari 12,6% ga rivojlangan;
jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov yoki asosiy qismida aylanma mashg‘ulotning ekstensiv-oraliqli uslubi yordamida kichik maktab yoshidagi bolalarning harakatlar tezkorligini rivojlantirish metodikasi Qarshi shahridagi 29-o‘rta maktabning jismoniy tarbiya darslari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada 9–10 yoshli o‘quvchilarning harakatlar tezkorligi 15,2% ga rivojlangan;
kichik maktab yoshidagi bolalarning sensitiv davrida jismoniy tarbiya darslarida harakatlar tezkorligini rivojlantirishni ochiq havoda va inshoot ichida nazorat qilishning takomillashtirilgan uslubi Qarshi shahridagi 29-o‘rta maktabning jismoniy tarbiya darslari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 01-07-10-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va funksional tayyorgarligi 11,8% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish