O‘rinov Komiljon Kozimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” 08.00.13 – “Menejment” hamda 08.00.05 “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3620.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.15.07.
Rasmiy opponentlar: Matkarimov Kamoliddin Juraboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor, Nosirov Ilhom Abbasovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish sohasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim xizmatlari, amaliy tayyorgarlik va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali xizmatlar sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi jihatidan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimining hududiy rivojlanganlik darajasini baholash ta’lim yuki, kadrlar salohiyati, OTM bilan ta’minlanganlik, ta’lim natijadorligi va iqtisodiy samaradorlik indekslariga ko‘ra “ilg‘or boshqaruv” (OTHRI ≥ 0,80), “barqaror boshqaruv” (0,65 ≤ OTHRI < 0,80), “nomutanosib boshqaruv” (0,50 ≤ OTHRI < 0,65), “kritik boshqaruv” (OTHRI < 0,50) chegaraviy qiymatlari asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida dual ta’lim hamda ish beruvchilar bilan barqaror hamkorlik (≥50%), nazariya va amaliyot mutanosibligi (40-60%), ishlab chiqarish tajribasiga ega kadrlar ulushi (≥30%), moliyaviy ta’minlanganlik (ish beruvchi hissasi ≥20%) hamda natijadorlik monitoringi (bitiruvchilar bandligi ≥70%) shartlarini ta’minlash orqali innovatsion boshqaruvni samarali tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining dastlabki ishga joylashish darajasi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida kadrlar buyurtmachilari tomonidan birlamchi ishga qabul qilinuvchilar sonining 2028-yilga qadar prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim xizmatlari, amaliy tayyorgarlik va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali xizmatlar sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xizmatlar iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda va tadqiqotchilarda korxonalarning eksport salohiyatini samarali boshqarish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish, eksport hajmini kengaytirish, mahsulot diversifikatsiyasi va qo‘shilgan qiymat ulushini ko‘paytirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimining hududiy rivojlanganlik darajasini baholash ta’lim yuki, kadrlar salohiyati, OTM bilan ta’minlanganlik, ta’lim natijadorligi va iqtisodiy samaradorlik indekslariga ko‘ra “ilg‘or boshqaruv” (OTHRI ≥ 0,80), “barqaror boshqaruv” (0,65 ≤ OTHRI < 0,80), “nomutanosib boshqaruv” (0,50 ≤ OTHRI < 0,65), “kritik boshqaruv” (OTHRI < 0,50) chegaraviy qiymatlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026 yil 13 maydagi 02/01-01403-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar kesimida oliy ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha maqsadli qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratili, nomutanosib rivojlanayotgan hududlarda boshqaruv samaradorligini 10-12% ga oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim tizimida dual ta’lim hamda ish beruvchilar bilan barqaror hamkorlik (≥50%), nazariya va amaliyot mutanosibligi (40-60%), ishlab chiqarish tajribasiga ega kadrlar ulushi (≥30%), moliyaviy ta’minlanganlik (ish beruvchi hissasi ≥20%) hamda natijadorlik monitoringi (bitiruvchilar bandligi ≥70%) shartlarini ta’minlash orqali innovatsion boshqaruvni samarali tashkil etish taklifi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026 yil 13 maydagi 02/01-01403-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga tatbiq etish natijasida ish beruvchilar ishtirokida amaliy tayyorgarlik ulushi 30–50% gacha etkazilib, bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mosligi va ishga joylashish darajasini 10–15% ga oshirish imkoniyati yaratildi;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining dastlabki ishga joylashish darajasi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida kadrlar buyurtmachilari tomonidan birlamchi ishga qabul qilinuvchilar sonining 2028-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan va natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026 yil 13 maydagi 02/01-01403-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash jarayonini mehnat bozori talablariga mos ravishda rejalashtirish, bitiruvchilar bandligini oshirish hamda kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyati yaratildi.