Boltaeva Barno Isakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili frazeologik birliklarining transformatsiyasi (semantik-pragmatik tahlil)”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil14.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdugafur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponetlar: Eltazarov Jo‘liboy Donaboevich, filologiya fanlari doktori; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: frazeologik birliklar transformatsiyasining vosita va usullarini  o‘rganish, yangilangan (modernizatsiya) frazeologik birliklarni semantik-pragmatik, lingvokul`turologik o‘rganish, lug‘atlarga kiritish va ularning leksikografik ahamiyatini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazeologik birliklarning semantik, grammatik va funksional transformatsiyasi semantik-stilistik vosita sifatida talqin qilinib, frazeologik birliklar struktural tarkibining kengaytirilishi, uzual va okkazional transformatsiyasi  lingvokul`turologik  tamoyillar asosida dalillangan;
frazeologik birliklarda tarkibiy kiritmalarni o‘rganish va aniqlash, shu asosda sodda va murakkab kiritmalar, konvergensiya, allyuziya, uslubiy distribusiya, so‘z birikmalari yordamida ma’no(semantika)ning rivojlantirilish turlari aniqlangan;
frazeologik birliklar komponent(tarkib)larining elliptik voqelanishi, kontaminatsiya, antonomik qo‘llanish, frazeologik takror, metaforik qo‘llanish kabi transformatsiya jarayoni tahlil etilib, matndagi funksional-stilistik, konnotativ-baho munosabatlarining semantik-pragmatik xususiyatlari ochib berilgan;
frazeologik birliklarning davr ehtiyoji asosida modernlashtirilishi, shu davrning ijtimoiy-siyosiy manzarasini tasvirlashi va frazeologik birliklarni modernlashtirish omillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili frazeologik birliklarining transformatsiya asosida shakllanishi jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
o‘zbek tili frazeologik birliklarining semantik va grammatik, funksional-stilistik imkoniyatlarini aniqlashga oid nazariy xulosalardan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» (2007–2011) mavzusidagi  fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 dekabrdagi 89-03-4495-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida o‘zbek tili frazeologik birliklarining o‘zgarish xususiyatlari va ma’no yangilanishlari ochib berilgan;
frazeologik birliklarni semantik-pragmatik, semantik-stilistik, lingvokul`turologik jihatdan tahlil qilishga oid xulosalardan YoA-1-06 raqamli «Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga komponent yondashuv» (2012–2013) nomli  fundamental loyihada foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 dekabrdagi 89-03-4495-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida o‘zbek tili frazeologik birliklarning transformatsiyasi asosida boyishi ochib berilgan;
frazeologik birliklarning davr ehtiyoji asosida modernlashtirilishi, shu davrning ijtimoiy-siyosiy manzarasini tasvirlashi va frazeologik birliklarni modernlashtirish omillaridan “O‘zbekcha-ruscha-inglizcha iboralar lug‘ati” yaratilgan (izohli lug‘at: 978-9943-5117-7). Natijada bu til ta’limida iboralarni o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish