Aldasheva  Shirin Jalgasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “70–90-yillar o‘zbek lirikasida to‘rtlik, sakkizlik va she’riy turkum tabiati”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil518.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Karimboy Quramboev, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSs.27.06.2017.2016.Fil.46.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Meliev Suvon, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asrning 70–90-yillari o‘zbek lirikasi tabiatiga xos ichki sifat va struktura o‘zgarishlarini o‘rganish, poetik shakllarning badiiy o‘ziga xosliklarini aniqlash, ularning yaxlit badiiy-estetik tizim sifatidagi xossalarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning so‘nggi choragi o‘zbek lirikasidagi to‘rtlik, sakkizlik poetik shakllari hamda she’riy turkumlardan iborat badiiy tizimlar jahon adabiyotining adabiy ta’sirida shakllanganligi  asoslab berilgan;
she’riy shakllar tabiatidagi kompozision-struktural o‘zgarishlar o‘zaro adabiy ta’sir, milliy badiiy-estetik tafakkur an’analari hamda ijodkorning individual poetik mahorati bilan bog‘liqlikda kechganligi dalillangan;
lirikadagi poetik shakllarning g‘oyaviy-badiiy jihatdan takomillashishi natijasida o‘zbek adabiyotining realistik tasvir madaniyati yanada teranlashganligi ko‘rsatib berilgan;
to‘rtlik, sakkizlik shakllari va she’riy turkumlar mumtoz she’riyat an’analari bilan bevosita aloqadorligi asoslab berilgan hamda hozir ham izchil davom ettirilayotgan bu jarayon poeziya taraqqiyotini ta’minlovchi yetakchi ijodiy metodni shakllantirganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asrning so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatidagi to‘rtlik va sakkizliklar hamda she’riy turkumlarning badiiy tafakkur evolyusiyasida tutgan o‘rnini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriylangan:
badiiy tafakkur rivoji davomida o‘zbek mumtoz lirikasi va fol`klor an’analarining samarali ta’siri XX asrning 70–90-yillari o‘zbek lirikasining yangicha badiiy-estetik tamoyillar asosida  yuksalish xususiyatlariga oid ilmiy natijalardan Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F8-002 raqamli “Hozirgi zamon qoraqalpoq yozuvchilari ijodiyotining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini tadqiq qilish” (2007–2011) fundamental ilmiy tadqiqotida a foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 4 martdagi 17.01/25-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asrning 70–90-yillari she’riyatidagi to‘rtlik, sakkizlik va she’riy turkumlardagi  o‘ziga xos xususiyatlar hamda adabiy jarayon va ijodiy individuallik masalalarini o‘rganishda yangicha talqin tamoyillari belgilangan;
badiiy tafakkur rivoji davomida Sharq va G‘arb – jahon xalqlari badiiy  tajribasining samarali ta’siri XX asrning 70–90-yillari o‘zbek lirikasi kichik janrlari, xususan, to‘rtlik, sakkizlik va she’riy turkumlar singari poetik shakllarning ma’rifiy-tarbiyaviy, badiiy-estetik xususiyatlariga oid ilmiy natijalardan Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish” (2012–2016) fundamental ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 4 martdagi 17.01/25-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asrning 70–90-yillari she’riyatidagi to‘rtlik, sakkizlik va she’riy turkumlardagi  an’anaviylik va badiiy mahorat hamda lirika janrlarining badiiy-estetik ahamiyati va rivojlanish qonuniyatlarini belgilashda qoraqalpoq adabiyotini o‘zbek adabiyoti bilan qiyosiy nuqtai nazardan o‘rganish tamoyillariga erishilgan;
o‘zbek she’riyatida, xususan, kichik she’riy janrlarda milliy, madaniy, adabiy, tarixiy, diniy qadriyatlarning tiklanishi talqiniga oid umumlashmalari natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan “Xaliq g‘aziynesi”, “Millet ham manao‘iyat”, «Assalomu aleykum, Qoraqalpog‘iston” singari teleko‘rsatuvlar va eshittirishlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 18 iyundagi 01-02/231-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash borasidagi ilmiy-ma’rifiy  xulosalar aholiga, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga va badiiy adabiyotga qiziquvchi keng ommaga targ‘ib etilib, madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar tomoshabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish