Abduraxmanova Gulnora Kalandarovnaning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kichik biznesda aholini Munosib mehnat tamoyillari asosida ish bilan ta’minlashni takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot:iqtisod fanlari nomzodi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.I77.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Z.Ya.Xudoyberdiev, iqtisod fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,16.07.2013.I.03.01.
Rasmiy opponentlar: M.L.Tursunxodjaev, iqtisod fanlar doktori, professor; A.A.Isajonov, iqtisod fanlar doktori, professor; R.A.Galiaxmetov, iqtisod fanlar doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes sub’ektlarida «munosib mehnat» konsepsiyasi asosida aholini ish bilan ta’minlashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarni ishga joylashtirish sifati, samarasi va kasbiy raqobatbardoshlik darajasini oshirish maqsadida kvotalangan ish joylarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
makro va mikro darajadagi mehnat ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlar asosida hisoblash va qiyoslashga yo‘naltirilgan «Kichik biznes sohasida munosib mehnat indikatorlari nomenklaturasi»va «Munosib mehnat indikatorlarini baholash metodikasi» ishlab chiqilgan;
munosib mehnat konsepsiyasi tamoyillari asosida raqobatbardosh bo‘lmagan aholi qatlamlari uchun kichik biznes sub’ektlarida virtual ish joylarini tashkil etish ish bilan ta’minlashning samarali va tezkor vositasi ekanligi asoslab berilgan;
kichik biznes sohasida innovatsion mehnat faoliyati va yirik korxonalar negizida ichki tadbirkorlik tizimini rivojlantirishda munosib mehnat tamoyillaridan foydalanish asosida yuqori unumli ish o‘rinlarini tashkil etish taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya tadqiqotida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
kvotalangan ish joylarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar tegishli ravishda ratifikatsiya qilingan Munosib mehnat bo‘yicha «2014-2016 yillarga mo‘ljallangan dasturda» foydalanilgan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2016 yil 11 yanvardagi TN-05/38-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar yangi ish joylarini tashkil qilish va yoshlarni ishga joylashtirish sifatini oshirish va tegishli ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan;
«Kichik biznes sohasida munosib mehnat indikatorlari nomenklaturasi»va «Munosib mehnat indikatorlarini baholash metodikasi» Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (MAIMQV) tomonidan amaliy faoliyatda foydalanilgan (MAIMQVning 2016 yil 14 yanvardagi 02-07/125-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy apparatdan foydalanish natijasida makro va mikro darajada mehnat me’yorlariga yanada muvofiqlashtirishga xizmat qiladi;
virtual ish joylarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar MAIMQV aholini ish bilan ta’minlashga oid 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (MAIMQVning 2016 yil 14 yanvardagi 02-07/125-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish aholini, ayniqsa, yoshlarni va raqobatbardosh bo‘lmagan aholi qatlamlarini ish bilan ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
kichik biznes sohasida innovatsion mehnat faoliyatini qo‘llash yuzasidan olingan natijalar «O‘zfarmsanoat» DAK tizimiga, jumladan, «Lahisam», MChJ, «Samo» MChJ hamda «Ziyo nur farm» va «Immunomed» xususiy korxonalariga joriy qilingan («O‘zfarmsanoat» DAK2015 yil 3 apreldagi MD-6/496-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida sohada mehnat faoliyatini innovatsion tamoyillar asosida tashkil qilinishi natijasida 493 mln.so‘mlik iqtisodiy samara olingan.