Avezova Aziza Mavlonjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 –  Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3445.
Ilmiy rahbar: Mullaxo‘jaeva Karomat Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01. 
Rasmiy opponentlar: ErkinovAftondil Sodirxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Olimov Sultonmurod Hoshimovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  Jomiy va Navoiy “Layli va Majnun” dostonlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlarini badiiy-irfoniy masalalar kontekstida ochib berishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  Jomiy va Navoiy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddima boblarining kompozision yaxlitlikni ta’minlash hamda muallif pozisiyasini ifodalash singari poetik vazifalari aniqlangan;
mualliflar tayangan ishq konsepsiyasi dostonlardagi obrazlarning poetik funksiyalari orqali dalillanib, Jomiy va Navoiyning irfoniy-tasavvufiy qarashlari tizimi ko‘rsatib berilgan; 
Jomiy dostonida tariqat maqomlari va hol darajalarining badiiy talqini yetakchi o‘rin tutishi va Majnunning “soliki majzub” ekanligi, Navoiy dostonida esa Majnun barcha maqomlarni oshib o‘tgan va Haqqa etgan “majzubi mutlaq” ekanligi syujet chizig‘iga tayanib asoslangan;
    mavjud motivlarning syujetni shakllantirishdagi o‘rni begilanib, ularga yuklatilgan badiiy, falsafiy, ishoraviy vazifalar irfoniy mazmun kontekstida ochib berilgan. 
  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonlarining qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Jomiy va Navoiy “Layli va Majnun” dostonlari muqaddima boblarining kompozision yaxlitlikni ta’minlashi hamda muallif pozisiyasini ifodalashdagi muhim vazifalariga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-oktyabrdagi 01/4-4763-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonlaridagi muqaddima boblar tahlili xulosalaridan elektron platforma ma’lumotlar bazasini boyitish jarayonida samarali foydalanilgan;
mualliflar tayangan ishq konsepsiyasi dostonlardagi obrazlarning poetik funksiyalari asosida tekshirilib, Jomiy va Navoiyning irfoniy-tasavvufiy qarashlari to‘g‘risidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-oktyabrdagi 01/4-4763-son ma’lumotnomasi). Natijada, har ikki doston  obrazlariga singdirilgan Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning irfoniy-tasavvufiy qarashlariga oid xulosalar elektron platforma materiallarining  ilmiy-nazariy jihatdan xilma-xilligini ta’minlagan; 
Jomiy dostonida tariqat maqomlari va hol darajalarining  badiiy talqini yetakchi o‘rin tutishi va Majnunning “soliki majzub” ekanligi, Navoiy dostonida esa Majnun barcha  maqomlarni oshib o‘tib, Haqqa etgan “majzubi mutlaq” ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “G‘azal bo‘stoni”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlar ssenariylarini tayyorlanishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teradiokompaniyasi”, “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasining 2025-yil 19-noyabr, 05-09-1859-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonlari syujet chizig‘iga doir tahlillar asosidagi ilmiy xulosalar adabiy ko‘rsatuv  materiallarini boyitgan;
    dostonlarda mavjud motivlarning syujetni shakllantirishdagi o‘rni aniqlanib, ularga yuklatilgan vazifalar haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-oktyabrdagi 01/4-4762-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonlaridagi motivlarning syujetni shakllantirishdagi o‘rniga doir tahlillar asosidagi ilmiy xulosalar multimedia to‘plami materiallarini boyitishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish