Xodjaev Anvar Zakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali og‘ir atletikachilarda dast ko‘tarish texnikasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped/477.
Ilmiy rahbar: Bayazitov Kamil Faritovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malakali og‘ir atletikachilarda dast ko‘tarishni bajarish texnikasini takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir atletikachilarning texnik va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun “XM-rten” trenajeri ishlab chiqilgan va undan maxsus yordamchi mashq sifatida foydalanish dast ko‘tarish mashqining final tezlanish fazasida harakatlarni bajarish texnikasini tez o‘zlashtirib olishga va harakat mahoratini oshirishga, shuningdek, ikki kurash natijalarining samarali o‘sishiga ta’siri aniqlangan;
sport takomillashuvi guruhlaridagi og‘ir atletikachilarning tayyorgarlik va musobaqa oldi siklida dast ko‘tarish texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan maxsus yordamchi mashqlardagi mashg‘ulot yuklamalari dinamikasi aniqlangan;
tajriba natijalariga asosan malakali og‘ir atletikachilarda dast ko‘tarish mashqining final tezlanish fazasini bajarishda shiddat zonalari bo‘yicha shtangani ko‘tarish balandligi va tizza bo‘g‘imining yozilish burchagining yangi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
dast ko‘tarish mashqining final tezlanish fazasini bajarish texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan maxsus yordamchi mashqlardagi mashg‘ulot yuklamalarini shiddat zonalari bo‘yicha rejalashtirish uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malakali og‘ir atletikachilarda dast ko‘tarishni bajarish texnikasini takomillashtirish uslubiyatini ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi sportchilarining texnik va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga (“XM-rten” trenajeri (mualliflik huquqini ruyxatga olish raqami 001175) joriy etilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 7 fevraldagi 01-07-15-505-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir atletikachilarda dast ko‘tarishda qo‘llarni bukuvchi mushak kuchining 17,2% oshganligi hisobiga maksimal og‘irlikda shtangani ko‘tarish balandligi sportchilarning maksimal bo‘y balandligiga nisbatan o‘rtacha 73,0%ga, bunda tizza bo‘g‘imlarining yozilish burchaklari 170,0 gradusga oshganligi sababli musobaqa dast ko‘tarish mashqiga beriladigan imkoniyatlardan muvaffaqiyatli foydalanish 13,0%ga oshgan;
maxsus yordamchi mashqlardagi mashg‘ulot yuklamalarining haftalar bo‘yicha optimal nisbatlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport pedagogik mahoratini oshirish guruhida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 7 fevraldagi 01-07-15-505-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir atletikachilarning jismoniy tayyorgarlik va texnik mahorati darajasi, sport natijalari 11,0%ga o‘sgan, shu qatorda 5 nafar sport ustasi tayyorlangan;
chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati og‘ir atletikachilarida final tezlanish fazasida dast ko‘tarishni bajarish texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan maxsus yordamchi mashqlardagi mashg‘ulot yuklamalarini shiddat zonalari bo‘yicha rejalashtirish metodikasi joriy etilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 7 fevraldagi 01-07-15-505-son ma’lumotnomasi). Natijada dast ko‘tarish mashqi malakali og‘ir atletikachilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish hisobiga xalqaro musobaqalarda 2 ta oltin, 1 ta kumush, respublika musobaqalarida 5 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.