Rajabov G‘ulomjon Qurbonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali bokschilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqa faoliyati natijadorligini shakllantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped457.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Gulbahor Burxanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yugay Lev Pavlovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;  Kipchakov Baxodir Baxriddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malakali bokschilarning individual xususiyat¬larini hisobga olgan holda musobaqa faoliyati barqarorligi va natijador¬ligini shakllantirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bokschilarning musobaqa faoliyati muvaffaqiyati va natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi chalg‘ituvchi omillarning (tashqi va ichki) tipik turlari aniqlangan;
ekstremallik darajasiga ko‘ra turli musobaqa vaziyatlarida yuqori mala¬kali bokschilar texnik-taktik harakatlarining son va sifat parametr¬lari, jumladan, harakatlar hajmlari va natijadorligi, ularni tayyorlash hamda qo‘llashning taktik tarkiblari aniqlangan;
turli xil darajadagi ekstremal vaziyatlarda malakali bokschilar sport faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beruvchi shaxsga xos (xarakter, irodali fazilatlar, hissiy tuyg‘ular va motivatsiya) individual-psixologik xususiyatlar aniqlangan;
musobaqa faoliyati va sportchilar shaxsiyatining individual tavsif¬larini hisobga olgan holda malakali bokschilarning musobaqa faoliyati natijadorligi hamda ishonchliligini oshiruvchi uslubiyat  nazariy jihatdan va tajribada asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malakali bokschilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqa faoliyati natija¬dorligini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bokschilarning musobaqa faoliyati muvaffaqiyati va natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi chalg‘ituvchi omillarning (tashqi va ichki) tipik turlari aniqlanib, chalg‘ituvchi omillarni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan metodika Toshkent shahar boks bo‘yicha terma jamoasi bokschilarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 martdagi 01-07-15-1144-son ma’lumot¬nomasi). Natijada jangovar harakatlarning umumiy natijadorligi 5,21% ga; hujumlarning natijadorligi 6,11% ga, himoyalanish natijadorligi 4,35% ga o‘sishiga xizmat qilgan;
ekstremallik darajasiga ko‘ra turli musobaqa vaziyatlarida yuqori malakali bokschilar texnik-taktik harakatlarining son va sifat para¬metrlari, jumladan, harakatlar hajmlari va natijadorligi, ularni tayyorlash hamda qo‘llashning taktik tarkiblari aniqlanib, musobaqa faoliyati natijadorligini oshirish metodikasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bokschilarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 martdagi 01-07-15-1144-son ma’lumot¬nomasi). Natijada amalga oshmagan hujumlar hajmlari 3,32% ga kamaygan, bokschilar psixomotor operatsiyalarining safarbarlikka tayyorligi ko‘rsatkichlari 10,2% ga, qiyin vaziyatlarni hal etishdagi ishonch ko‘rsatkichlari 7,34% ga oshgan, xato reaksiya¬lar vaqti ko‘rsatkichlari 5,36% ga yaxshilangan;
turli xil darajadagi ekstremal vaziyatlarda malakali bokschilar sport faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beruvchi shaxsga xos (xarakter, iroda fazilatlari, hissiy tuyg‘ular va motivatsiya) individual-psixologik xususiyatlari aniqlanib, musobaqa faoliyati natijadorligini oshirish metodikasi Chirchiq shahri boks jamoasining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 martdagi 01-07-15-1144-son ma’lumot¬nomasi). Natijada amalga oshmagan hujumlar hajmlari 4,41% ga kamaygan, bokschilar psixomotor operatsiyalarining safarbar-likka tayyorligi ko‘rsatkichlari 12,8% ga, qiyin vaziyatlarni hal etishdagi ishonch ko‘rsatkichlari 9,84% ga oshdi, xato reaksiyalar vaqti ko‘rsatkichlari 9,21% ga yaxshilangan;
musobaqa faoliyati va sportchilar shaxsiyatining individual tavsif¬larini hisobga olgan holda malakali bokschilarning musobaqa faoliyati nati¬jadorligi hamda ishonchliligini oshiruvchi uslubiyat Toshkent shahar boks bo‘yicha terma jamoasi bokschilarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘lla¬nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 27 martdagi 01-07-15-1144-son ma’lumot¬nomasi). Natijada jangovar harakat¬larning umumiy natija¬dorligi 8,54% ga; hujumlarning natijadorligi 9,24% ga, himoyalanish natija¬dorligi 7,56% ga o‘sishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish