Keldiyorov Shuxrat Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash milliy sport turi harakatlarini dastlabki o‘rgatish uslublarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped449.
Ilmiy rahbar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Akromov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori; Berdiqulov Baxodir Do‘stmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida kurash sport turi texnik harakatlarini dastlabki o‘rgatish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarda kurash turlari va uning barcha ko‘rinishlaridagi dastlabki texnik tayyorgarlik uslubining mazmunini va uslubiy shart-sharoitlarini hamda texnik hujum qilish va himoyalanish harakatlarining taqsimlanish dinamikasi aniqlangan;
kurash milliy sport turi to‘garaklarida talabalariga dastlabki o‘rgatish metodikasining (usulni qismlarga bo‘lib yoki asosiy xatolarini to‘g‘irlab umumiy holda o‘rganish, asta-sekin tezlashtirib borgan holda va siljishlar bilan birgalikda bajarish, usulni raqib harakatlariga mutanosib bajarish va bosh.) ketma-ketlik algoritmi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan o‘tkaziladigan kurash to‘garaklari mashg‘ulotlarida beldan oshirib tashlash, ikki engdan ushlab elkadan oshirib tashlash, yonbosh, bir yoqadan ushlab oldidan chalish va supirma usul¬larini bajarish texnikasini shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kurash milliy sport turi to‘garaklarida texnik harakatlarini dastlabki o‘rgatish metodikasi takomillashtirilib samaradorligi tajribada isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kurash milliy sport turi harakatlarini dastlabki o‘rgatish uslublarini takomillashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida;
kurash sport to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning texnik amallarga dastlabki o‘rgatish uslubining mazmuni shart-sharoitlari hamda texnik hujum qilish va himoyalanish harakatlarni taqsimlanib Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining kurash to‘garagida shug‘ullauvchi talabalarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 4 fevraldagi 01-07-15-468-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchi talabalarda beldan oshirib tashlash usulini bajarish 15,8–17,6% ga, ikki engdan ushlab elkadan oshirib tashlash usulini bajarish 14,5–15,7% ga, yonbosh usulini bajarish 11–17% ga, bir yoqadan ushlab oldidan chalish usulini bajarish 13,4–15,2% ga, supirma usulini bajarish 17,7–19,5% ga yaxshilangan;
kurash bo‘yicha musobaqa faoliyati tuzilishi va unga xos xususiyatlar hamda texnik harakatlarga o‘rgatish ketma-ketligi algoritmi ishlab chiqilib, Toshkent davlat agrar universitetining kurash to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismo¬niy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 4 fevraldagi 01-07-15-468-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchi talabalarda beldan oshirib tashlash usuli¬ni bajarish 17–19% ga, ikki engdan ushlab elka¬dan oshirib tashlash usulini bajarish 14-16% ga, yonbosh usulini bajarish 15–17% ga, bir yoqadan ushlab oldidan chalish usulini bajarish 17,8–19,4% ga, supirma usulini bajarish 16,4-18,7% ga yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan o‘tkaziladigan kurash to‘garak¬lari mashg‘u-lotlarida bazaviy texnik harakatlarni ratsional shakllan¬tirish metodikasi takomillashtirib, Toshkent davlat agrar universitetining kurash to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘lla¬nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 4 fevraldagi 01-07-15-468-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchi talabalarda beldan oshirib tashlash usulini bajarish 15–17% ga, ikki engdan ushlab elkadan oshirib tashlash usulini bajarish 13–15% ga, yonbosh usulini bajarish 14–16% ga, bir yoqadan ushlab oldidan chalish usulini bajarish 17-19% ga, supirma usulini bajarish 15,7–17,3% ga yaxshilangan;
kurash milliy sport turi to‘garaklarida texnik harakatlarni dastlabki o‘rgatish metodikasi takomillashtirilib Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining kurash to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning o‘quv-mashg‘ulot¬lari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 4 fevraldagi 01-07-15-468-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchi talabalarda beldan oshirib tashlash usulini bajarish harakatini bajarish 13,4–15,7% ga, ikki engdan ushlab elkadan oshirib tashlash usulini bajarish 14,2–16,5% ga, yonbosh usulini bajarish 11,9–13,2% ga, bir yoqadan ushlab oldidan chalish usulini bajarish 13,4–15,6% ga, supirma usulini bajarish 17–18% ga yaxshilangan.