Alimardonov Zoxid Shukurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped263.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Narziqul Shodievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarning umumkasbiy va sohaga yo‘naltirilgan kompetensiyalar tizimi harbiy-kasbiy tayyorgarlik bosqichlariga oid zamonaviy talablar hamda intellektual, irodaviy va emotsional sifat elementlari mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari refleksiv boshqaruv omillari (harbiy-pedagogik, texnologik, diagnostik va kasbiy)ning o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti integrativ-ijodiy topshiriqlar, vizual simulyasiya (tasvirli, namoyishli, interfeysli) va interaktiv modellashtirish imkoniyatlari va amaliy-texnologik xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarda kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlari va diagnostik texnologiyalari parametri tarkibiga harbiy akmeologik indikatorlar tizimi (mustaqil o‘zini o‘zi kasbiy va shaxsiy rivojlantirishga oid)ni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ofiserlarning umumkasbiy va sohaga yo‘naltirilgan kompetensiyalar tizimi harbiy-kasbiy tayyorgarlik bosqichlariga oid zamonaviy talablar hamda intellektual, irodaviy va emotsional sifat elementlari mazmuniga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2015 yil 22 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standartlarni belgilash to‘g‘risida”gi 96-son buyrug‘ining 5.2-, 7.1- va 7.2-bandlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 05-961-son qarori bilan tasdiqlangan “Harbiy ta’lim” ta’lim sohasining davlat ta’lim standartlarining 2.2-, 3.2-, 4.2- va 5.2-bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 2/3450-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2018 yil 19 noyabrdagi 10/3070-son ma’lumotnomalari). Mazkur davlat ta’lim standartlari oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘quv rejalari va dasturlari, metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak ofiserlar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari refleksiv boshqaruv omillarining o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2017 yil 6 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti uchun Oliy ta’limning davlat ta’lim standartini tasdiqlash va amalga kiritish to‘g‘risida”gi 67-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan davlat ta’lim standartining 4.1-, 5.2-, 5.3-, 6.2-, 7.1-, 7.2-bandlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 17 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti uchun Oliy ta’limning davlat ta’lim standartini, o‘qitiladigan mutaxassisliklarning malaka talablarini hamda o‘quv rejalarini tasdiqlash va amalga kiritish to‘g‘risida”gi 149-son buyrug‘ining 2.1- va 2.2-bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyaning 2018 yil 5 oktyabrdagi 5069-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 2/3450-son ma’lumotnomalari). Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida Harbiy-texnik institut huzurida “Buyuk sarkardalar harbiy mahoratini o‘rganish bo‘yicha markaz”ni tashkil etish, uning tuzulmaviy-funksional asoslari, faoliyat mazmuni ishlab chiqish, bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetentligi soha bo‘yicha fan, texnika texnologiyalarining zamonaviy yutuqlari asosida takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti integrativ-ijodiy topshiriqlar, vizual simulyasiya va interaktiv modellashtirish imkoniyatlari va amaliy-texnologik xususiyatlarini takomillashtirishga oid ishlamanlari asosida “Umumiy harbiy tayyorgarlik” darsligi XDFU (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti Kengashida ma’qullangan bayonnoma №3, 20.03.2018 y.) hamda “Axborot- kommunikatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-buyrug‘i, 531-313 guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2018 yil 5 oktyabrdagi 5069-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 2/3450-son ma’lumotnomalari). Mazkur o‘quv materiallari oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘quv metodik ta’minotini integrativ-ijodiy topshiriqlar va integrativ modellashtirish asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak ofiserlarda kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlari va diagnostik texnologiyalari parametri tarkibiga harbiy akmeologik indikatorlar tizimi (mustaqil o‘zini o‘zi kasbiy va shaxsiy rivojlantirishga oid)ni kiritishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2017 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida o‘qitiladigan mutaxassisliklar uchun malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 95-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy harbiy tayyorgarlik”, “Harbiy psixologiya va pedagogika” hamda “Harbiy va boshqaruv psixologiyasi” fanlarining o‘quv mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyaning 2018 yil 5 oktyabrdagi 5069-son ma’lumotnomasi). Natijada mazmuni bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan talablar doirasida zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, o‘qitish yondashuvlarini loyihalash, kursantlarning mustaqil tayyorgarlik, malakaviy amaliyotini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.