Achilov Abror Niyatqobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt426.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Ziyod Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Djumanova Ayjan Baxtiyarovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati korxonalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tovar-moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qaytarilgan chiqindilarni, xomashyo va materialllarni buxgalteriya hisobida aks ettirishni takomillashtirish bo‘yicha ishchi schyotlar tarkibi hamda kal`kulyasiya moddalarini guruhlash uslubi taklif etilgan;
foydalanimayotgan kimyoviy chiqindilarni qayta ishlash va uni qurilish ashyosi sifatida sotish hisobi takomillashtirilgan;
korxona aktivlari hisobi buxgalteriya hisobining milliy hamda xalqaro standartlariga mos holda tarmoqning o‘ziga xos ishlab chiqarish xususiyatlari asosida takomillashtirilgan;
buxgalteriya hujjatlarini aylanishi bosqichlari va ularni nazorat qilishda kombinatsiyalashgan hisob registridan foydalanish taklif etilgan;
har bir ishlab chiqarish faoliyatida  moliyaviy natijani to‘g‘ri aniqlashda, xarajatlar hisobi bo‘yicha qo‘shimcha ishchi schyotlar ochish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyo sanoati korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari asosida:
“Qaytarilgan chiqindilar” schyotini ochish va buxgalteriya hisob-kitoblarida foydalanish takliflari “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarining “Hisob siyosati”ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 22 noyabrdagi 01-5264/A-son  ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi chiqindilardan unumli foydalanishga, texnologik darajani aniqlash imkoniyatiga hamda ularni yangilash va ta’mirdan o‘tkazish kerakligi ham buxgalteriyada nazorat qilish imkoniyatini bergan;
kimyo sanoati korxonalarida texnologik maqsadlarda ishlatiladigan materiallar hisobini takomillashtirish, chiqindilardan samarali foydalanish takliflari “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 16 noyabrdagi 43/6280-son  ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida texnologik suvlarni zararsizlantirish maqsadida tashlab yuboriladigan ohak chiqindisi  qayta ishlashgan va qurilish materiali sifatida korxonaga kirim qilinib, bozor narxlarida sotish tashkil qilingan hamda yillik 480 mln so‘m miqdorda foyda olish imkoniyatiga erishilgan;
kimyo sanoati korxonalarida bir yildan ortiq ishlab chiqarishda foydalaniladigan “Materiallar hisobi” tarkibidagi katalizatorlarni “Asosiy vositalar” tarkibiga o‘tkazish takliflari “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatida tovar-moddiy zaxiralarni takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 22 noyabrdagi 01-5264/A-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqib, yuqori qiymatda investisiya kiritishga oid talablarini bajarishga, korxonaga sarmoya kiritish salmog‘ini 30 foizga oshirishga, mahsulotning tannarxini pasaytirishga va mulk solig‘i  shakllanishining ob’ektivligini ta’minlash imkoniyatini bergan;
korxonada tovar moddiy zaxiralar hisobini yuritishga oid hujjatlarning aylanish bosqichlari ularni hisobga olish tartib-qoidalari hamda hisob registrlarining xo‘jalik jarayonidan foydalanish tavsiyalari “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida  tovar-moddiy zaxiralar hisobini takomillashtirishda foydalanilgan (“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 16 noyabrdagi 43/6280-son va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 22 noyabrdagi 01-5264/A-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi har bir agregatning ish faoliyati ko‘rsatkichlari, mahsulot tannarxidagi o‘zgarishlar, texnik-texnologik jarayon bilan bog‘liq holatlar buxgalteriyada nazorat qilish imkoniyatini bergan;
“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti bo‘yicha qo‘shimcha schyotlar ochish va amalda qo‘llash takliflari “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish hisobini takomillashtirishda foydalanilgan (“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 16 noyabrdagi 43/6280-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi har bir sexning alohida moliyaviy natijasini aniqlashga hamda har bir ishlab chiqarish agregatiga alohida ob’ektiv baho berish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish