Niyazova Nargiza Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro munosabatlar tizimida gender tenglikni ta’minlash masalasi», 23.00.04–Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ss17.
Ilmiy rahbar: Sultanova E’tibor Siddiqovna, siyosiy fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/Ss/24.01/
Rasmiy opponentlar: Adilxodjaeva Surayyo Maxkamovna, yuridik fanlar doktori, Alimov Ravshan Mirzamurodovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro munosabatlar tizimida va milliy darajada gender tengligi masalalari bo‘yicha nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy institutlarda ayollar vakilligiga xos ish jarayonida natijaning muhimligi, ijtimoiy masalalarga alohida urg‘u berish, empatiya (birga qayg‘urish) va moslashuvchanlik kabi xususiyatlar aniqlanib, ularning samarali davlat siyosatini amalga oshirishdagi ijobiy ta’siri baholangan;
gender tengligini ta’minlash bo‘yicha milliy darajada xotin-qizlarning siyosiy faolligini yanada oshirish va shundan kelib chiqqan holda maqsadli chora-tadbirlarni tashkil etishni inobatga olib "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qonunlarni takomillashtirish asoslangan;
gender tenglikni amalga oshirish bo‘yicha milliy siyosatimizning ijobiy rivojlanish tendensiyasi va uni yanada yuksaltirish bo‘yicha strategik istiqboldan kelib chiqqan holda "Ayollar va erkaklar uchun teng huquqlar va teng imkoniyatlarning kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ayolning ijobiy imidjini yaratish va jamiyat rivojlanishidagi uning siyosiy o‘rnini aks ettirishda ayolning davlat strategiyasini amalga oshirishdagi siyosiy faoliyatini yoritishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatini keng jalb etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro munosabatlar tizimida gender tenglikni ta’minlash masalasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
Siyosiy institutlarda ayollar vakilligiga xos ish jarayonida natijaning muhimligi, ijtimoiy masalalarga alohida urg‘u berish, empatiya (birga qayg‘urish) va moslashuvchanlik kabi xususiyatlarini aniqlanib, ularning samarali davlat siyosatini amalga oshirishdagi ijobiy ta’sirini baholashga oid xulosalardan “Jahon siyosati” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan "Siyosatshunoslikka kirish" nomli o‘quv qo‘llanmasida (257-279 b.) “Gender muammosining kelib chiqishi va hal etilishi” mavzusini ishlab chiqishda (2018 y. grif №434-161) hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Buyuk Britaniya elchixonasi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda “BMT qo‘mitasining xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish bo‘yicha tavsiyalar” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatining axborot-tahliliy materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2018 yil 27 dekabrdagi 13/1554-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida, birinchidan, mavzu bo‘yicha o‘quv adabiyotlari siyosiy institutlarda ayollar vakilligi va davlat siyosatini amalga oshirishdagi ta’sirini baholashning uslubiy yondashuvlari bilan boyitilgan, ikkinchidan esa mazkur masala bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar asosida “BMT qo‘mitasining xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish bo‘yicha tavsiyalari” sohaga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish zarurati bilan takomillashtirilgan;
gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2018 yil 27 dekabrdagi 13/1554-18-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi ta’minlangan;
gender tenglikni amalga oshirish bo‘yicha milliy siyosatimizning ijobiy rivojlanish tendensiyasi va uni yanada yuksaltirish bo‘yicha strategik istiqboldan kelib chiqqan holda "Ayollar va erkaklar uchun teng huquqlar va teng imkoniyatlarning kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilinishining maqsadga muvofiqligi xaqidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4235-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2018 yil 27 dekabrdagi 13/1554-18-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi takomillashtirilgan;
ayolning ijobiy imidjini yaratish va jamiyat rivojlanishida uning siyosiy o‘rnini aks ettirish hamda ayolning davlat strategiyasini amalga oshirishdagi siyosiy faoliyatini yoritishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatini keng jalb etish to‘g‘risidagi tavsiyalar axborot-tahliliy materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil 14 yanvardagi 01/1597-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2019 yilning 11 martida BMTning Xotin-qizlar holati bo‘yicha Komissiyasining (KPJ) 63-sessiyasida ma’ruzalar tayyorlangan.