Yaxshilikov Jahongir Jo‘raboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillarida fuqarolik huquqi tamoyillarini bilishning falsafiy metodologik asoslari», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari (huquq falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal29.
Ilmiy rahbar: Abduxolikov Safar Oqnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saydilla Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xudoyberdiev Ismatillo Egamberdievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fuqarolik huquqi tamoyillarini bilishning falsafiy-metodologik asoslarini sinergetik yondashish vositasida fuqarolik huquqiga xos bo‘lgan ob’ektiv qonuniyatlarini falsafiy-huquqiy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqiy borliqni tashkil etuvchi inson birligi, ehtiyoj va manfaat, huquqiy ong, faoliyat, huquq ijodkorligi singari substansional elementlari fuqarolik huquqiy munosabatni tashkillashtirishi asoslangan;
yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, huquq va erkinliklarini ta’minlashda fuqarolik huquqi tamoyillari substansional asos ekanligi aniqlangan;
fuqarolik huquqi tamoyillarining sub’ekti, sotsial asosi, motivi, gnoseologik asosi, mavjudlik usullari va vositalari huquq ijodkorligi va madaniy borliq bilan o‘zaro ta’sirlanishi ochib berilgan;
milliy mazmundagi fuqarolik huquqi tamoyillarining o‘z-o‘zini tashkillashtirishining korellyasion-funksional va substansional qonunlari falsafaning qaytar bog‘lanish qonuniyatiga bo‘ysunishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida fuqarolik huquqi tamoyillarini bilishning falsafiy-metodologik asoslarini o‘rganishga oid tadqiqot bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
inson huquqi va erkinliklarini ta’minlashning zamonaviy sivilistik konsepsiyasi doirasida “Inson huquqi” va “Fuqarolik huquqi” tushunchalari bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yilda mo‘ljallangan ish rejasida, xususan, 2018 yil 28 yanvardan 3 fevralgacha hamda 2018 yil 23-28 avgust kunlari Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning zamonaviy sivilistik konsepsiyasi doirasida “Inson huquq” va “Fuqarolik huquqi” mavzulari doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining dasturlarini tayyorlashda va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 fevraldagi 02/09-165-19-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining huquqiy madaniyatini oshirishga, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga va bu sohadagi ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga xizmat qilgan;
huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun fuqarolik huquqi tamoyillarini bilish va himoya qilishning innovatsion usul va vositalarini qo‘llash jarayoni bilan determinant ekanligi bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy-amaliy g‘oyalardan Adliya vazirligining huquqiy targ‘ibot ishlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 15 fevraldagi 19/1-6/2801-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolik huquqi tamoyillarini bilish va himoya qilishga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalarning keng jamoatchilikka tarqalishiga hamda aholining huquqiy dunyoqarashining rivojlanishiga erishilgan;
yangicha milliy mazmundagi fuqarolik huquqi tamoyillarining o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonlarining korellyasion-funksional va substansional qonunlari asosida bilish mexanizmlari bo‘yicha keltirilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashining 2019 yilga mo‘ljallanganish rejasida belgilangan vazifalari ijrosini bajarishda hamda amalga oshirish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 15 fevraldagi 04-13/740-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi va ularda yangicha huquqiy ongni shakllantirishga, shuningdek, Vatanimiz milliy huquqiy tizimiga to‘g‘ri yondasha oladigan chinakam sodiq yoshlarni tarbiyalashga imkoniyat yaratgan;
ijodkor ziyolilarning innovatsion shaxs sifatidagi huquq va erkinliklarini kafolatli ta’minlash tamoyillari (patentlash, mulkiy jihatdan egalik qilish, lisenziyalash, innovatsion ishlanmalarni amaliyotda qo‘llaganligi uchun haq to‘lash)ga oid ilmiy metodologik g‘oyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2018 yil 27 sentyabrdagi o‘n oltinchi hamda 2018 yil 13–14 dekabrdagi o‘n ettinchi yalpi majlisi qonun hujjatlarini tayyorlash ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 9 fevraldagi 01/679-2-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda ijodkor ziyolilarning inovatsion shaxs sifatidagi huquq va erkinliklarni kafolatli ta’minlash tamoyillari qonun hujjatlarning mohiyatini ochishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish