Jumaniyazov Inomjon Turaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt381.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultonboeva Munira Bahodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanishga doir taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jamg‘arma daromadlari barqarorligini ta’minlashda oltinning chegara narxdan jahon narxining oshishi hisobiga shakllantiriladigan mexanizmdan voz kechib, oltin qazib oluvchi korxonalarning byudjetga tushadigan mablag‘laridan ma’lum bir foizini Jamg‘armaga yo‘naltirish taklif etilgan;
Jamg‘arma moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan tijorat banklari ustav kapitalidagi Jamg‘armaning ulushini IPO va SPO amaliyoti vositasida kamaytirish taklif etilgan;
Jamg‘armaning moliyaviy mablag‘laridan foydalanishning aniq manzilliligini ta’minlash, xalqaro suveren fondlar reytingiga kirishiga erishishga qaratilgan shaffoflikni ta’minlash tizimi takomillashtirilgan;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasini tashkil etish taklif etilgan hamda jamg‘arma faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish uchun mablag‘larni kredit resurslari sifatida yo‘naltirilganda davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bilan birga barcha tijorat banklari ishtirokini ta’minlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oltin qazib oluvchi korxonalardan byudjetga tushadigan mablag‘lar 30 foizini Jamg‘armaga yo‘naltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 15 apreldagi DS/03-02-32/2333-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi 2019 yilda jamg‘arma mablag‘lari 200 mln. AQSh dollardan ortiq miqdorga kamayishining oldi olingan;
banklar ustav kapitalidagi Jamg‘armaning ulushini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” bo‘yicha davlat dasturiga kiritilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2019 yil 11 fevraldagi 302/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish va bank tizimida sog‘lom raqobatni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
Jamg‘armaning moliyaviy mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 fevraldagi 77-sonli “Ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-qismida o‘z aksini topga. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 15 apreldagi DS/03-02-32/2333-son ma’lumotnomasi). Natijada Jamg‘arma faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, mablag‘laridan samarali foydalanishni nazorat qilish hamda mamlakat investision salohiyatini namoyish etishga imkoniyat yaratgan;
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasini tashkil etish hamda Jamg‘arma faoliyati samaradorligini baholash mezonlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” bo‘yicha davlat dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 15 apreldagi DS/03-02-32/2333-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklif natijasida respublika iqtisodiyotida ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, raqobatbardoshligini yanada oshirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni oshirish, Jamg‘arma faoliyatiga umumiy baho berish imkoniyati yaratilgan.
jamg‘armadan ajratiladigan kredit resurslaridan foydalanishda barcha tijorat banklari ishtirokini ta’minlash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4233-sonli “Valyuta operatsiyalarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 15 apreldagi DS/03-02-32/2333-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklari o‘rtasida sog‘lom raqobat ta’minlanishiga va Jamg‘arma mablag‘lari ishtirokidagi investisiya loyihalar samaradorligini oshirishga erishilgan.