Shomirov Azizbek Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlar moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt586.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlar moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishda dividend siyosatining amal qilish muddati muvofiqlashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida hisobot davri bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlarni barcha aksiyadorlarga to‘liq va o‘z muddatida to‘lash amaliyotini takomillashtirish maqsadida aksiyadorlarga dividendlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi orqali to‘lab berish mexanizmi taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy resurslari tarkibini doimiy ravishda optimallashtirib borishda ularning valyuta mablag‘lari va investisiya portfelini diversifikatsiyalash zarurligi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy resurslarini innovatsion mahsulotlarni venchurli moliyalashtirishga yo‘naltirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlar moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarini samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida aksiyadorlik jamiyatlar dividend siyosatining amal qilish muddatini aniqlashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Dividend siyosati to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 yanvardagi 02-23/350-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizim korxonalari dividend siyosatini O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha "Harakatlar strategiyasi" amal qilish muddatiga moslashtirish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarda hisobot davri bo‘yicha aksiyadorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash amaliyotini takomillashtirish maqsadida dividendlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi orqali to‘lab berish to‘g‘risidagi taklifi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimi korxonalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 yanvardagi 02-23/350-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida birinchidan, dividendlar summasi vaqtida olinmaganda boshqa maqsadlarga ishlatishning oldi olingan, ikkinchidan, depozitariyda barcha aksiyadorlarni qayd qilish ro‘yxatining yuritilishi ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash imkoniyati paydo bo‘lgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy resurslari tarkibini doimiy ravishda optimallashtirib borish maqsadida ularning valyuta zaxiralari va investisiya portfelini diversifikatsiyalash to‘g‘risidagi taklifi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan valyuta zaxiralari va investisiya portfeli tarkibini optimallashtirishga joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 yanvardagi 02-23/350-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil hisobot davrining sof foydasi 132,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobarga, shuningdek tijorat kreditlaridan bo‘lgan qarzdorligi yil boshiga (2019 y.) 130,2 mlrd. so‘mga yoki 60,3 foizga qisqartirilgan hamda jamiyat tarkibidagi korxonalar 2018 yil davomida byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzdorligi bo‘yicha 1,3 trln. so‘m to‘lovlarni amalga oshirgan va ushbu aksiyadorlik jamiyatining 528,9 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘larini lizing kompaniyalari, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, transport korxonalari, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar va boshqa kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirish imkonini yaratgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy resurslarini innovatsion mahsulotlarni venchurli moliyalashtirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 yanvardagi 02-23/350-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan 20,3 mln. AQSh dollari miqdoridagi yirik investisiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati yaratilgan.