Nazarov Sharofiddin Hakimovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekiston mintaqalari raqobatdoshligini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.12 – mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisod fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.I340.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sodiqov A.M., iqtisod fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,16.07.2013.I.03.01
Rasmiy opponentlar: M. Abdusalyamov, iqtisod fanlari doktori, professor; B. Ruzmetov, iqtisod fanlari doktori, professor; E.A. Kolomak, iqtisod fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqalar raqobatdoshligini oshirish jarayonlarini boshqarishning metodologik va metodik asoslarini takomillashtirish va shu asosda O‘zbekiston mintaqalari iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy kapitali va yashirin raqobat ustunliklaridan samarali foydalanishning chora va mexanizmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy kapitali va yashirin raqobat ustunliklaridan samarali foydalanishni aniqlash maqsadida mintaqa raqobat salohiyatini uning omilli va natijaviy jihatlarini hisobga olgan holda baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
iqtisodiy o‘sish, modernizatsiya va diversifikatsiya darajasi, ishbilarmonlik muhiti holati va iqtisodiyotning ochiqligini yuqori uyg‘unlashgan koeffisientlarni avtonom baholash va omillarni tizimli tadqiq qilish orqali mintaqalarning raqobat ustunliklarini iqtisodiy diagnostika qilish bo‘yicha metodik yondashuvlar taklif etilgan;
mintaqalarning imitatsion va innovatsion qobiliyatidan kelib chiqib, raqobatdoshlikning ustuvor omillarini aniqlash imkonini beruvchi iqtisodiy rivojlanish asimmetriyasi va uning mintaqalar raqobatdoshligiga ta’sirini baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
turli xil jarayonlar va holatlar, boshqariladigan va o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi omillarning o‘zaro aloqadorligini tadqiq etishning yangi konseptual sxemasi asosida mintaqa raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishning tizimli chora-tadbirlari taklif qilingan;
strategik boshqarish, monitoring va koordinatsiya qilish bo‘yicha vazifalarni tizimlash orqali mintaqa raqobatdoshligini oshirish jarayonlarini boshqarishning tashkiliy-funksional sxemasi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqalar raqobatdoshligi, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish ko‘lamlari, mintaqalardagi ishbilarmonlik muhiti darajasi hamda milliy iqtisodiyotning hududiy muvozanatligini baholash bo‘yicha tadqiqotning metodik va amaliy natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning 2012, 2013 va 2014 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot vazirligining 22.05.2015 yildagi № TD-2-1/10-440-sonli ma’lumotnomasi). Taklif qilingan chora-tadbirlar va mexanizmlar mintaqalarning iqtisodiy o‘sishida omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish, raqobatdoshlikni oshirish salohiyati, ustunliklar va bu borada mavjud zahiralardan samarali foydalanish imkonini berdi.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari va dasturlarini shakllantirish bo‘yicha metodik yondashuvlar Andijon, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2030 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini, Jomboy va Muynoq tumanlarini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy bazasini ishlab chiqishda qo‘llanildi (Iqtisodiyot vazirligining 22.05.2015 yildagi № TD-2-1/10-440-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan vaziyatni tahlil qilish va hududiy strategik rejalashtirish elementlari mintaqa rivojlanishining uzoq muddatli chora va mexanizmlarini ishlab chiqishda mahalliy boshqaruv organlarining funksiyalarini takomillashtirish va vazifalarini aniqlashtirish, ishlab chiqarishning yuqori texnologik turlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkonini berdi hamda ularning iqtisodiy o‘sishdagi hissasi (Andijon viloyati misolida) 0,3-0,5 foizni tashkil qildi.
Prognoz qilish bo‘yicha ekonometrik model O‘zbekistonning 14 ta mintaqasini 2015-2017 va 2016-2019 yillarda hamda 2030 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz ssenariylarini tuzishda qo‘llanildi (Iqtisodiyot vazirligining 22.05.2015 yildagi № TD-2-1/10-440-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu jarayonda stoxastik va o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish hisobiga prognozlar tuzish sifatini oshirishga erishildi. Endogen omillar va aniqlangan yashirin raqobat ustunliklarni baholash omillarning yalpi unumdorligi (TFP) va mintaqalarning aniqlangan nisbiy ustunliklarini (RCA) ifoda etuvchi parametrlardan foydalanish hisobiga o‘rta va uzoq muddatli prognozlar sifatini yaxshilash imkonini berdi.