To‘xtaboeva Dilafro‘z Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi kichik va o‘rta shaharlarning rivojlanishi: o‘zgarishlar va muammolar (1991–2016 yy)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.3.PhD/Tar.204.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Dono Hamidovna, tarix fanlari doktori, professori, Ahmedov Muhammad Qosimovich, arxitektura doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi kichik va o‘rta shaharlarining ijtimoiy-demografik rivojlanishidagi o‘zgarishlar va muammolarni tarixiy aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda, xususan, Farg‘ona vodiysi shaharlarini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, shaharsozlikka doir me’yoriy qonun hujjatlarining ishlab chiqilishi va unda asosiy e’tibor songa emas sifatga qaratilganligi, hududdagi urbanizatsiya jarayonlarining takomillashib borishiga olib kelayotganligi asoslangan;   
Farg‘ona vodiysidagi kichik va o‘rta shaharlarning iqtisodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning shaharlar tabiiy shart-sharoitlari, tarixan hunarmandchilik va agrar sohalarda to‘plangan boy tajriba, industrial sohada innovatsion g‘oyalarning uyg‘unlashuvi natijasida shaharlar hunarmandchilik, agrasanoat va sanoat markazlariga aylanganligi yoritib berilgan;  
kichik va o‘rta shaharlar ma’muriy markazlar bo‘lishi bilan birga ularda shaharsozlik an’analari yangi bosqichga ko‘tarilib, me’moriy jihatdan loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi natijasida tadbirkorlik ob’ektlariga ega milliy va zamonaviy uslublarni o‘zida uyg‘unlashtirgan savdo-hunarmandchilik markazlari vujudga kelganligi asoslab berilgan;
vodiydagi tarixiy-demografik jarayonlar tahlili natijasida, kichik va o‘rta shaharlarning mavjud demografik holati aniqlanib, aholining tabiiy ko‘payishi, o‘rtacha hayot davomiyligini o‘sishiga sabab bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimi hamda aholining turmush tarzidagi  ijobiy o‘zgarishlar   aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi kichik va o‘rta shaharlarning rivojlanishi jarayonida o‘zgarishlar va muammolarni o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosa va tavsiyalar asosida:
Farg‘ona vodiysidagi kichik va o‘rta shaharlarning mustaqillik yillarida sanoat, rekreatsiya, hunarmandchilik yo‘nalishlari hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi infratuzilmasini innovatsion yaratilishi to‘g‘risidagi natijalardan Toshkent arxitektura qurilish institutida 2011–2016 yillarda amalga oshirilgan F1-1-86 raqamli “O‘zbekiston arxitekturasining mustaqillik mafkurasi asosida shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish va samarali rivojlantirish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 martdagi 89-03-1043-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida mustaqillik yillarida shaharsozlik an’analarini innovatsion g‘oyalar asosida yaratilishiga oid ilmiy bilimlarni boyitishga yordam bergan;
Farg‘ona vodiysidagi shaharlarning tarixi va bugungi kundagi taraqqiyoti, mazkur shaharlardagi hunarmandlar sulolalarining faoliyati, hunarmandchilik tarixan rivojlangan Chust, Shahrixon, Rishton shaharlarining yanada taraqqiy etishiga hissa qo‘shganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali orqali namoyish etilgan “O‘tmishga sayohat” va “Hunarlarda hayot jilvasi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini hamda “Bilasizmi?” roliklarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 5 apreldagi 08-14-166-son ma’lumotnomasi). Vodiy shaharlarining o‘tmishi, zamonaviy tarixi, mazkur shaharlarda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar sulolalari hamda ularning yaratgan asarlari haqidagi ilmiy xulosalar tomoshabinlarni kengroq bilim va tasavvurga ega bo‘lishini ta’minlagan, bu esa mazkur ko‘rsatuvlarni yanada qiziqarli, yuqori saviyada tayyorlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish