Rustamov Akmal Asrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston oltin ma’danli konlari misolida namunalashning ishonchliligi va aniqligi», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/GM45.
Ilmiy rahbar: Zimalina Valentina Yakovlevna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resuslar instituti DK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Koneev Rustam Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Antonov Aleksandr Evgen`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zaxiralarni hisoblashning aniqligini oshirish uchun oltin ma’danli konlarda namunalashni ishonchliligi va aniqligini miqdoriy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
namunalashning ishonchliligi va aniqligining belgilari bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan oltin ma’danli konlar tizimlashtirilgan;
materialni (kernni) chiqishining kamayishiga bog‘liq holda, oltin miqdorini o‘zgarish xususiyatlari aniqlangan;
oltin ma’danli konlarni ekspluatatsiya qilishda, qazib olingan bloklardagi hisoblanadigan zaxiralarni aniqliklarini oshiruvchi burg‘ilash-portlatish quduqlaridan namunalar olish uslubi ishlab chiqilgan;
metallni dastlabki ajratib olish sxemasi bo‘yicha katta zarrachali oltin namunalariga ishlov berish usulining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning oltin ma’danli konlarini namunalashning ishonchliligi va aniqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Pistali va Shirotnoe oltin ma’danli konlarining geologik qidiruv parametrlarining fazoviy o‘zgaruvchanligi «Samarqandgeologiya» DUK va «Xisorgeologiya» DUK ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 04-4363-son ma’lumotnomasi). Natijada konlarning murakkablik guruhi, qidiruv ishlarining zaxiralarini hisoblashda ma’danlarning o‘zgaruvchanlik parametrlarini hisobga olish imkonini bergan;
namunalarni olish, ishlov berish va tahlil qilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar «Samarqandgeologiya» DUK, «Xisorgeologiya» DUK ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 04-4363-son ma’lumotnomasi). Natijada Pistali, Shirotnoe konlarida hisoblanadigan zaxiralarning ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
kernning tanlovli emirilishining kolonkali namunalarda aniqligiga ta’siri tuzatuvchi koeffisientlari «Samarqandgeologiya» DUK va «Xisorgeologiya» DUK ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 04-4363-son ma’lumotnomasi). Natijada past chiqqan kernning namunalash intervallari zaxiralarni hisoblash imkonini bergan;
Pistali konining yirik oltinli namunalarni metallni dastlabki ajratib olish sxemasi «Samarqandgeologiya»DUK ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 04-4363-son malumotnomasi). Natijada Pistali konining zaxiralarini xisoblashda yirik oltinning ta’sirini hisobga olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish