Sodiqov Lazizjon Musa o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillarida paremiologik birliklarning diskursiv – lingvomadaniy tadqiqi (lug‘atlar asosida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3191.
Ilmiy rahbar: Yaxshiev Ashur Abdievich, filologiya fanlari  doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Jumaniyozov Zoxid Otaboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.  
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  nemis va o‘zbek tillaridagi tarkibida inson tana a’zolari nomlari, son so‘z turkumiga kiradigan so‘zlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va  mehnat qurollari nomlari, rang nomlari, to‘rt unsur (suv, havo, olov, tuproq) nomlari, fasl, oy va hafta kunlari nomlari, sayyoralar nomlari (bundan keyin turli lisoniy-madaniy kodlar deb nomlanadi) ishtirok etgan paremiologik birliklarni chog‘ishtirgan holda diskursiv va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida turli lisoniy-madaniy kodlar ishtirok etgan nemis va o‘zbek tillari paremiologik birliklari paremiografik manbalardagi kodifikatsiyalangan shakllari asosida tizimlashtirilib, somatik va son kodlarining har ikki tilda yuqori, predmet va rang kodlarining nisbatan faol, tabiiy unsur kodlarining esa tillararo notekis, vaqt kodlarining o‘zbek tilida yuqori, nemis tilida nisbatan past, samoviy makon kodlarining har ikki tilda cheklangan qo‘llanish faolligi ochib berilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi turli lisoniy-madaniy kodli paremiologik birliklarning semantik-struktur qurilishi kommunikativ vaziyat bilan bog‘liqligi hamda ularning mazmuni kod komponentining lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda diskursdagi funksional qo‘llanishi va milliy-madaniy assotsiatsiyalari asosida shakllanishi, shu orqali voqelikni baholash, munosabat bildirish va fikrni umumlashtirishning ratsionalizm, tartib-intizom va individuallikka asoslangan nemischa, emotsionallik, jamoaviylik va andishaga asoslangan o‘zbekcha milliy xususiyatlari bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
turli lisoniy-madaniy kodli paremiologik birliklarning diskursda voqelanishi insonning borliqni tana a’zolari, predmetlar, sonlar, ranglar, tabiiy unsurlar, vaqt va samoviy jismlar orqali konseptuallashtirishi bilan bog‘liqligi, ushbu kodlarning tayanch komponent sifatida paremiologik birlikning struktur-sintaktik qurilishini shakllantirishi hamda nemis tilida sodda yoyiq gap, o‘zbek tilida esa bog‘lovchisiz va bog‘langan qo‘shma gap konstruksiyalarining nisbiy ustunligi ikki til paremiologik birliklarida fikrni sintaktik tashkil etishning farqli modellari sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi turli lisoniy-madaniy kodli paremiologik birliklarda ijtimoiy-madaniy va lisoniy-madaniy belgilar o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishi farqlanib, ularning semantik asosida xalqning turmush tarzi, qadriyatlari, urf-odatlari, mentaliteti va dunyoqarashini aks ettiruvchi tana a’zolari, kundalik predmetlar, turli sonlar, ranglar, tabiat hodisalari, vaqt birliklari va osmon jismlari bilan bog‘liq milliy konseptual modellar mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek paremiologik birliklarining diskursiv va lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy xulosalar va amaliy natijalar asosida:
tarkibida turli lisoniy-madaniy kodlar ishtirok etgan nemis va o‘zbek tillari paremiologik birliklari paremiografik manbalardagi kodifikatsiyalangan shakllari asosida tizimlashtirilib, somatik va son kodlarining har ikki tilda yuqori, predmet va rang kodlarining nisbatan faol, tabiiy unsur kodlarining esa tillararo notekis, vaqt kodlarining o‘zbek tilida yuqori, nemis tilida nisbatan past, samoviy makon kodlarining har ikki tilda cheklangan qo‘llanish faolligi ochib berilgan xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 5-fevraldagi 04/899-son ma’lumotnomasi). Natijada,  “Frazeologiya”, “Paremiologiya”, “Frazeografiya va paremiografiya”, “Stilistika”, “Lingvopragmatika”, “Lingvomadaniyatshunoslik” kabi mutaxassislik fanlari o‘quv dasturlari takomillashtirildi va talabalar uchun dars ishlanmalari yaratilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi turli lisoniy-madaniy kodli paremiologik birliklarning semantik-struktur qurilishi kommunikativ vaziyat bilan bog‘liqligi hamda ularning mazmuni kod komponentining lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda diskursdagi funksional qo‘llanishi va milliy-madaniy assotsiatsiyalari asosida shakllanishi, shu orqali voqelikni baholash, munosabat bildirish va fikrni umumlashtirishning ratsionalizm, tartib-intizom va individuallikka asoslangan nemischa, emotsionallik, jamoaviylik va andishaga asoslangan o‘zbekcha milliy xususiyatlari bilan namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 3-fevraldagi 479/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha dasturi va o‘quv materiallarini tayyorlash, yangi ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish jarayonida foydalanilgan holda loyihaning  dasturi va interaktiv usullarga asoslangan dars ishlanmalari ishlab chiqilgan;
turli lisoniy-madaniy kodli paremiologik birliklarning diskursda voqelanishi insonning borliqni tana a’zolari, predmetlar, sonlar, ranglar, tabiiy unsurlar, vaqt va samoviy jismlar orqali konseptuallashtirishi bilan bog‘liqligi, ushbu kodlarning tayanch komponent sifatida paremiologik birlikning struktur-sintaktik qurilishini shakllantirishi hamda nemis tilida sodda yoyiq gap, o‘zbek tilida esa bog‘lovchisiz va bog‘langan qo‘shma gap konstruksiyalarining nisbiy ustunligi ikki til paremiologik birliklarida fikrni sintaktik tashkil etishning farqli modellari sifatida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 16-fevraldagi 04/1-883-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar xalqaro loyihaning  kontentini yaratish uchun asos bo‘lgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi turli lisoniy-madaniy kodli paremiologik birliklarda ijtimoiy-madaniy va lisoniy-madaniy belgilar o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishi farqlanib, ularning semantik asosida xalqning turmush tarzi, qadriyatlari, urf-odatlari, mentaliteti va dunyoqarashini aks ettiruvchi tana a’zolari, kundalik predmetlar, turli sonlar, ranglar, tabiat hodisalari, vaqt birliklari va osmon jismlari bilan bog‘liq milliy konseptual modellar mavjudligi isbotlanganligiga oid tavsiyalaridan “Samarqand viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvi hamda viloyat radiosining “Xayrli Kun” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanil (Samarqand viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2026-yil 30-yanvardagi 01-07/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlar ilmiy asosga ega bo‘lgan ma’lumotlar hamda ilgari surilgan muhim ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalardan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish