Eshniyozova Nargiza Norqulovnaning 
alsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayrim chiqindi tabiiy polimerlar asosidagi sorbentlarning fizik-kimyoviy xossalari”, 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.4.PhD/K1077.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Murod Mahmarajab o‘g‘li, kimyo fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.K.04.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Haydar Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy chiqindi polimerlar asosida yangi sulfokationit olish jarayoni va olingan biosorbentning fizik-kimyoviy jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy chiqindi polimerlar - yong‘oq qattiq po‘stlog‘i va eryong‘oq po‘stlog‘i sulfat kislota ishtirokida modifikatsiyalash jarayonining optimal sharoitlari ishlab chiqildi: reaksiya davomiyligi 4 soat, sulfat kislotaning 5 % li eritmasi va 373 K haroratda eng yuqori sorbsion sig‘imga erishilishi aniqlangan; 
sellyulozadagi gidroksoguruhlari sulfoguruhlariga efir bog‘lar orqali bog‘lanishi aniqlangan;
modifikatsiyalash natijasida olingan materiallarning ion almashinish sig‘imi yong‘oq, eryong‘oq, paxta tolasi asosidagi biosorbentlar ketma-ketligida adsorbsion xususiyati ortib borgan, shuningdek ushbu tartibda termik va mexanik barqarorlikning kamayishi aniqlangan;
olingan yangi biosorbentlarning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganish orqali sirt yuzasi, g‘ovaklik darajasi, yuqori sorbsiyon xususiyatiga ega ekanligi, hamda sanoat miqyosida qo‘llaniladigan KU-2-8 kationitiga nisbatan ayrim xossalarining ustunligi isbotlangan;
olingan biosorbentga Ca(II) va Mg(II) ionlari yutilish jarayoni reaksiya tartibi pseudo-ikkinchi kinetik modelga mosligi (R2>0,9), zarrachalar sorbentda diffuziyasi ikki bosqichda tarqalishi, sorbsiya izotermasi Freyndlich modeliga muvofiq jarayonning geterogen sirtlarda adsorbsiyalanish bilan tavsiflanishi hamda termodinamik parametrlarining o‘zgarishini aniqlash orqali sorbsiya jarayonining o‘z-o‘zicha borishi, dinamik sharoitda takror sorbsiya 5 martada o‘rtacha 66% gacha samaradorlikni saqlab qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chiqindi yong‘oq po‘sti asosida olingan sulfokationitning fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yong‘oq po‘sti asosida olingan kationit oqava suvlar tarkibidagi Ca(II) va Mg(II) ionlarini sorbsiyalashi orqali suvni yumshatish texnologiyasi “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning 2025-yil 22-apreldagi 634/GʻK-04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metall ionlarini ajratib oluvchi mini uskuna yaratilib, oqava suvlar tarkibidagi Ca(II) va Mg(II) ionlari 95–97 % gacha samaradorlik bilan kamaytirish imkonini bergan;
olingan sulfokationit tabiiy oqava suvlarni tuzsizlantirishda biosorbent sifatida “Gissarneft” O‘zbekiston-Shvesariya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Gissarneft” O‘zbekiston-Shvesariya qo‘shma korxonasi, 2025-yil 3-oktyabr, 659-03/GNG-son ma’lumotnoma). Natijada, oqava suvlar tarkibidagi Ca(II) va Mg(II) ionlarini samarali sorbsiyalash, shuningdek, olingan sorbentni regeneratsiya qilish orqali takroriy foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish