Dolimov Rustam Turabekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurama zonasi oltin ma’danli konlari daykalarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari», 04.00.03–Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/GM32.
Ilmiy maslahatchi: Ishbaev Xalbay Djangirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resuslar instituti DK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Antonov Aleksandr Evgen`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Dolgopolov Feliks Genad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Tiyon-Shon Qurama zonasining oltin ma’danli konlarida tarqalgan daykalarning petrologik-geokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash hamda ularning oltin ma’danlarining joylashishida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daykalar bo‘yicha go‘shsoy, go‘zaksoy, o‘rikli, chodak daykali komplekslari ajratilgan va ularning mustaqilligi geologik o‘zaro munosabatlari, tarkiblarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari va mutlaq yoshi bilan asoslangan;
daykali komplekslar quyi perm-bo‘r davrida Qurama zonasining kechki paleozoy «issiq nuqtalari»ning evolyusiyasi natijasida hosil bo‘lishi isbotlangan;
daykali komlekslar tarkibi - monchikitlar, olivinli doleritlar, esseksitlar, mudjieritlar, riolitlar, sienitlardan iborat ekanligi aniqlangan;
ilk bor Qurama zonasida o‘tkazilgan yirik masshtabli xaritalash asosida Go‘shsoy komplesi daykalari orasida ishqorli-dalashpatli riolitlar ajratilgan;
Qurama zonasida mineralogik, petrologik, geokimyoviy xususiyatlari va geoxronologik ma’lumotlar asosida trias davriga mansub yangi ishqorli o‘ta asos tog‘ jinslari - monchikitlar ajratilgan;
O‘rta Tiyon-Shonning yuqori paleozoy davrida mantiyali plyumning evolyusiyasi bosqichma-bosqich rivojlanganligi aniqlangan va plitaichi magmatizmi komplekslari Markaziy Osiyo rift sistemasi magmatizmi mahsulotlari bilan o‘zaro asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kurama zonasi oltin ma’dan konlaridagi daykalarning petrologik - geokimyoviy xususiyatlarini aniqlash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Chotqol-Qurama zonasining Chodak, Revashte, Ko‘chbuloq va G‘ovasoy ma’danli maydonlaridagi dayka komplekslarining moddiy tarkibini, ularning geologik va mutlaq yoshini aniqlash va oltin ma’danlashuvi bilan alokadorligini aniqlash natijalari «Toshkentgeologiya» DUKning Sharqiy-Qurama geologiya-qidiruv ekspedisiyasining geologiya-qidiruv ishlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 02-2/44-son ma’lumotnomasi). Natijada izlanish, geologiya-qidiruv va asosiy ma’danli maydonlar bo‘yicha tematik ishlar yo‘nalishlarini rejalashtirish imkonini bergan;
dayka komplekslarining aniqlangan geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlari hamda kichik intruziyalarning hosil bo‘lish mexanizmlari «Toshkentgeologiya» DUKning Sharqiy-Qurama geologiya-qidiruv ekspedisiyasi ob’ektlarida izlash va tematik ishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 02-2/44-son ma’lumotnomasi). Natijada oltin ma’danlashuvining petrologik va mineralogik-geokimyoviy qidiruv belgilari sifatida ob’ektlar bo‘yicha maxsus qidiruv ishlarini olib borish imkonini bergan;
kichik intruziyali dayka komplekslarining oltin ma’danlashuvi bilan aniqlangan genetik bog‘lanishi Sharqiy-Qurama geologiya-qidiruv ekspedisiyasi tomonidan oltin va nodirmetalli ma’danlashuvni bashorat qilishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 02-2/44-son ma’lumotnomasi). Natijada magmatik jarayonlar ahamiyatini va ular bilan bog‘liq ma’danlar minerallashuvini baholash va Chotqol-Qurama regioni ob’ektlarida oltin ma’danlashuvi bo‘yicha qidiruv ishlarini o‘tkazish samarasini oshirish imkonini bergan.